my5
Sevimli

Shifokorlar bolalar orasida yangi virus keng tarqalayotgani haqida xabar berdi

Salomatlik 19.09.2021, 20:01
Shifokorlar bolalar orasida yangi virus keng tarqalayotgani haqida xabar berdi

Amerika Qo`shma Shtatlari, Buyuk Britaniya, Shveysariya va Yaponiya shifokorlari bolalar orasida nafas yo`llari kasalliklarini keltirib chiqaradigan, kam uchraydigan respirator sindisial virus keng tarqalayotgani haqida xabar berdi, deb yozadi ” BBC News.”ga tayanib "Zamon"
 

  Nyu-Yorkdagi  bolalar kasalxonasi shifokorlarining so`zlariga ko`ra, yangi tug`ilgan chaqaloqlar va bolalar orasida ushbu virusni yuqtirish holatlari ilk bor aprel oyida qayd etilgan.
 Olimlarning fikricha, koronavirus pandemiyasi RSV tarqalishiga ta`sir qilgan, chunki bolalarda karantin cheklovlari tufayli virusga qarshi immunitet shakllanmagan. Kasallikning keskin o`sishi karantin yumshatilgandan keyin sodir bo`ldi.  Shuningdek, Ukrainada G`arbiy Nil isitmasi aniqlandi.
 Kasalliklarni nazorat qilish va oldini olish markazining xabar berishicha, virus ko`pchilik bolalarda engil — burun oqishi va yo`tal bilan o`tmoqda. Ammo ba`zilarida bronxiolit va o`pkaning pastki qismida yallig`lanish paydo bo`lishi mumkin.
Avgust oyi oxirida Hindistonda bolalar o`limi yuqori bo`lgan noma`lum kasallik avj oldi. Bemorlar ter va nam isitmadan uyg`onganidan shikoyat qilgan.

Шарҳлар