my5
Sevimli

O`zbekistonlik futbolchilar Mongoliya termasini 12:0 hisobida mag`lub etdi

Sport 20.09.2021, 19:06
O`zbekistonlik futbolchilar Mongoliya termasini 12:0 hisobida mag`lub etdi

Ayni kunlarda Toshkent shahri ayollar o`rtasida Osiyo kubogi-2020 saralash o`yinlariga mezbonlik qilmoqda. Unda jamoalar «E», «F» hamda «G» guruhlarida bahs olib bormoqda. Bugun «E» guruhidan joy olgan O`zbekiston futbol terma jamoasi Mongoliya termasiga qarshi maydonga tushdi.  Bu haqda "Zamon" yozmoqda. 

Vakillarimizning to`liq ustunligida o`tgan o`yinda jamoamiz 12:0 hisobida raqibidan ustun keldi. Uchrashuvda Diyoraxon Habibullaeva va Mahliyoxon Sarikova uchtadan to`p kiritgan bo`lsa, Nilufar Qudratova jamoamizning ikkita goliga mualliflik qildi.

Shuningdek, o`yinda Lyudmila Karachik, Saida Galimova va Maftuna Shoyimova raqib darvozasiga bittadan gol urdi. Mongoliya safida Altuntuya Altansukh uchrashuvning 31-daqiqasida o`z darvozasiga gol urdi.  

Eslatib o`tamiz, Osiyo kubogining saralash o`yinlari 25 sentyabrga qadar davom etadi.

Шарҳлар

Меҳмон 20.09.2021, 21:11
Erkaklar qilmagan ishni qilsaydi