AsosiyDunyo

Ramzan Qodirov Checheniston prezidentligi uchun saylovda yuqori foiz ovoz bilan g`alaba qildi

'Ramzan Qodirov Checheniston prezidentligi uchun saylovda yuqori foiz ovoz bilan g`alaba qildi'ning rasmi

Rossiya Federasiyasi Markaziy saylov komissiyasi ma`lumotlariga ko`ra, Ramzan Qodirov Checheniston Respublikasi Prezidenti saylovida 99,7 foiz ovoz bilan g`alaba qozondi. 

Qayd etilishicha, berilgan ovozlar 100 foiz hisoblab chiqilgan. Natijalar esa quyidagicha bo`lgan:

  • Ramzan Qodirov “Yagona Rossiya” partiyasidan 99,7 foiz;
  • Iso Xojimurodov “Adolatli Rossiya – haqiqat uchun” partiyasidan 0,15 foiz;
  • Xolid Nakaev Rossiya Federasiyasining Kommunistik partiyasidan 0,12 foiz to`plagan.

Eslatib o`tamiz, Ramzan Qodirov 2007 yildan beri respublikaga rahbarlik qilib keladi.

    Boshqa yangiliklar