my5
Sevimli

Bugun Senat Raisi boshchiligidagi delegasiyaning Qirg`izistonga tashrifi kutilmoqda

Siyosat 21.09.2021, 10:51
Теглар: Qirg`iziston
Bugun Senat Raisi boshchiligidagi delegasiyaning Qirg`izistonga tashrifi kutilmoqda

2021 yil 21 sentyabr kuni O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi T.Narbaeva boshchiligidagi delegasiyaning Qirg`iz Respublikasi (Bishkek shahri)ga rasmiy tashrifi bo`lib o`tadi. Bu haqda Senat axborot xizmati xabar bermodqa.

Ma`lum bo`lishicha, tashrif doirasida Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Narbaeva va Qirg`iz Respublikasi Jokorgu Keneshi Torag`asi Talant Mamtov o`rtasida ikki tomonlama munosabatlar, shu jumladan, mamlakatlar o`rtasidagi hamkorlikni mustahkamlashda parlamentlararo aloqalarni rivojlantirish yuzasidan muzokaralar o`tkazish ko`zda tutilmoqda.

Tashrif doirasida mintaqaviy iqtisodiy salohiyatni mustahkamlash uchun barqaror aloqalarni shakllantirishga qaratilgan “O`zbekiston va Qirg`iziston tadbirkor ayollari muloqoti” xalqaro biznes-forumida ishtirok etish rejalashtirilgan.

Unda xotin-qizlarning iqtisodiy huquq va imkoniyatlarini kengaytirish, tadbirkor ayollar o`rtasida mamlakatlararo va mintaqaviy hamkorlikni rivojlantirish masalalari ko`rib chiqilishi aytilmoqda.

Delegasiya a`zolari shuningdek, “Ata-Beyit” yodgorlik majmuasi, Qirg`iz Respublikasi xalq yozuvchisi Ch. Aytmatov uy-muzeyiga tashrif buyurishlari va uning qabriga gul qo`yish hamda boshqa tadbirlar bo`lib o`tishi kutilmoqda.

Шарҳлар

Senat raisi Qirg`iziston Respublikasi Prezidenti bilan uchrashdi

23.09.2021, 09:53

Joriy yil 21 sentyabr kuni Senat Raisi T.Narbaeva Qirg`izistonga rasmiy tashrifi doirasida Prezident Sadir Japarov bilan uchrashdi.Bu haqda Oliy Majlisi Senatining axborot xizmati xabar berdi.Qirg`iziston...
BAA Qirg`izistonda Islom akademiyasini quradi

14.09.2021, 10:41

Qirg`iziston Prezidenti Sadir Japarov mamlakat muftiysi Zamir Rakiev bilan uchrashuv o`tkazdi, unda mafkuraviy xavfsizlik, dinlararo bag`rikenglik va diniy ta`lim masalalari muhokama qilindi. Bu haqda Regnum...
Fuqaroni Qirg`iziston oliygohiga o`qishga kiritib, keyin O`zbekistonga ko`chirib berishni va`da qilgan firibgar ushlandi

03.08.2021, 17:45

Fuqaroni Qirg`iziston oliygohiga o`qishga kiritib, keyin O`zbekistonga o`qishini ko`chirib berishni va`da qilgan firibgar ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Departament xabar berdi.Ma`lum bo`lishicha, fuqaro E.E....
Qirg`iziston So`x yo`lini ochishga, O`zbekiston esa Unkar-Tooni berishga tayyor — Galina Bayterek

13.03.2021, 15:44

Qirg`iziston O`zbekistonda joylashgan anklav hudud — So`x yo`lini ochishga, O`zbekiston esa Unkar-Tooni berishga tayyor. Bu haqda Qirg`iziston prezidentining matbuot kotibi Galina Bayterek Sadir Japarovning Toshkent shahriga...