my5
Sevimli

Namanganda tuman MIB rahbari fuqaroni o`qishga kiritib qo`yishini aytib pora bilan qo`lga tushdi

Jinoyat 21.09.2021, 11:51
Теглар: ​Namangan, MIB
Namanganda tuman MIB rahbari fuqaroni o`qishga kiritib qo`yishini aytib pora bilan qo`lga tushdi

Namanganda tuman MIB rahbari fuqaroni o`qishga kiritib qo`yishini aytib pora bilan qo`lga tushdi.

Bu haqda DXX matbuot xizmati "Darakchi"ga xabar berdi.

Ma`lum bo`lishicha, Namangan viloyatidagi tumanlardan birining Majburiy ijro byurosi rahbari mahalliy fuqaroning Qirg`iziston Respublikasi Jalolobod davlat universitetidagi o`qishini Andijon davlat tibbiyot institutiga ko`chirishda Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligidagi tanishlari orqali yordam berishini aytib, buning evaziga 700 AQSh dollari so`raydi va muqaddam ushbu puldan 300 AQSh dollari hamda 1 mln. 50 ming so`m oladi.

U so`ralgan pulning qolgan qismini berishini talab qilib, 200 AQSh dollari va 1 mln. 50 ming so`m olgan vaqtida DXXning Namangan viloyati bo`yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan viloyat prokuraturasi hamda Departamentning hududiy boshqarmasini jalb etgan holda o`tkazilgan tezkor tadbirda ushlanadi.

Шарҳлар

Namanganda voleybol bo`yicha O`zbekiston chempionati boshlandi

06.11.2021, 18:46

Namangan viloyatida o`smir qizlar o`rtasida voleybol bo`yicha O`zbekiston chempionatiga start berildi.Musobaqa ikki yosh toifasida bo`lib o`tmoqda: 2005-2006, 2007-2008-yillarda tug`ilgan kizlardan tashkil topgan jamoalar o`zaro chempionlik...
Namanganda to`qimachilik instituti tashkil qilinadi

28.09.2021, 12:34

Namanganda to`qimachilik instituti tashkil qilinadi.Bunga to`qimachilik mahsulotlarini ishlab chiqarish bo`yicha Namangan viloyati respublikada etakchi ekanligi sabab qilib ko`rsatildi."Institutda Italiya, Fransiyadan etakchi mutaxassislar kelib dars beradi....
Shavkat Mirziyoev Namanganga tashrifini yakunlab, Farg`onaga etib keldi

27.09.2021, 20:52

Avvalroq Prezident Shavkat Mirziyoev Namangan viloyatiga yo`l olgani haqida xabar bergan edik.Davlat rahbari tashrifi davomida viloyatdagi mavjud muammolarni sanab chiqdi, shuningdek, Afg`oniston chegarasida namanganlik askar...
Prezident Shavkat Mirziyoev endi Namangan viloyatiga yo`l oldi

27.09.2021, 11:20

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev bugun 27 sentyabr kuni Namangan viloyatiga yo`l oldi.Bu haqda uning matbuot kotibi Sherzod Asadov ma`lum qildi.Qayd etilishicha, keyingi kunlarda rahbarning...