AsosiySiyosat

Ismatulla Irgashev Germaniyaning O`zbekistondagi elchisi bilan Afg`onistondagi vaziyatni muhokama qildi

'Ismatulla Irgashev Germaniyaning O`zbekistondagi elchisi bilan Afg`onistondagi vaziyatni muhokama qildi'ning rasmi

2021-yil 21-sentyabr kuni O`zbekiston Respublikasi Prezidentining Afg`oniston bo`yicha maxsus vakili Ismatulla Irgashev Germaniyaning O`zbekistondagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Tilo Klinner bilan uchrashuv o`tkazdi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi Axborot xizmati xabar bermoqda. 

Uchrashuv davomida tomonlar Afg`onistondagi vaziyat, shuningdek, ushbu mamlakatdagi gumanitar holatni muhokama qildilar.

Germaniya Elchisi O`zbekistonning Afg`onistonda uzoq muddatli va barqaror tinchlikni o`rnatishdagi muhim rolini ta`kidladi.

Shu bilan birga, T.Klinner Afg`onistondan Germaniya va boshqa chet el fuqarolarini evakuasiya qilishda ko`rsatgan yordami uchun O`zbekiston tomoniga alohida minnatdorlik bildirdi.

Shuningdek, Germaniya tomoniga O`zbekistonning Afg`oniston xalqiga gumanitar yordam ko`rsatish va qo`shni davlatning iqtisodiy tiklanishiga ko`maklashish borasidagi sa`y-harakatlari haqida ma`lumot berildi.

    Boshqa yangiliklar