AsosiyJinoyat

Sergelida korxonaning sobiq rahbari Qozog`istondan keltirilgan baliq konservalarini talon-toroj qildi

'Sergelida korxonaning sobiq rahbari Qozog`istondan keltirilgan  baliq konservalarini  talon-toroj qildi'ning rasmi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Sergeli tuman bo`limi tomonidan tadbirkorlik sub`ektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan o`tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “M.D.” MChJning sobiq rahbari R.D. va boshqalar MChJga Qozog`iston Respublikasidan import qilingan hamda o`ziga ishonib topshirilgan umumiy qiymati 387,6 mln so`mlik baliq konserva mahsulotlarini o`zlashtirish yo`li bilan talon-toroj qilganliklari aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o`zlashtirish yoki rastrata yo`li bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

    Boshqa yangiliklar