AsosiySport

O`zbekiston Aralash jang san`atlari assosiasiyasiga vise-prezident tayinlandi

'O`zbekiston Aralash jang san`atlari assosiasiyasiga vise-prezident tayinlandi'ning rasmi

Bugun O`zbekiston Aralash jang san`atlari assosiasiyasida butun viloyat hamda Qoraqalpog`iston Respublikasi bo`limi rahbarlari va boshqa mutasaddilar ishtirokida yig`ilish bo`lib o`tgan. 

sports.uz ning ma`lum qilishicha yig`ilishda O`zbekiston Aralash jang san`atlari assosiasiyasiga yangi vise-prezidenti etib Buxorodagi “Amir Temur” klubi hamda ATF Championship promousheni asoschisi, ko`plab chempionlarning ustozi sanaluvchi Muzaffar Radjabov tayinlangan. Shuningdek, u O`zbekiston yakkakurash bo`yicha 93 kg vazn toifasida WTKF chempioni, ko`plab yakkakurash turlarida ko`p karra O`zbekiston , Osiyo va jahon chempioni, xalqaro turnirlarning bir necha karra g`olibi hisoblanadi. 

Shuningdek, Muzaffar Radjabov O`zbekiston kikboksing assosiasiyasi vise-prezidenti, O`zbekiston Aralash jang san`atlari assosiasiyasi hamda O`zbekiston Qo`l jangi federasiyasi Buxoro viloyati bo`limi raisi lavozimida ham faoliyat olib boradi.

    Boshqa yangiliklar