my5
Sevimli

O`zbekistonda yangi federasiyasi tashkil etildi

Sport 23.09.2021, 17:30
Теглар: Turizm va sport vazirligi
O`zbekistonda yangi federasiyasi tashkil etildi

Adliya vazirligi O`zbekiston Funsional ko`pkurash federasiyasini jamoatchilik tashkiloti sifatida davlat ro`yxatidan o`tkazdi.

Funsional ko`pkurash qanday sport turi?

Funsional ko`pkurash – bu ko`p energiya talab qiluvchi, ko`p bo`g`imli harakatlardan foydalanadigan sport turi bo`lib, u erkin og`irlikdagi mashqlar, shaxsiy tana og`irligi bilan mashqlar, siklik (kardio) mashqlardan foydalangan holda maxsus tuzilgan komplekslar to`plamlarini birlashtirib, bir vaqt davomida uzluksiz bajarishlarni o`z ichiga oladi.

Ushbu sport turining asosiy vazifasi – tananing turli tizimlarini jadal rivojlantirish va umumiy sog`likni mustahkamlashdan iborat. Kombinasiyalashgan mashqlar ishtirokchilarni chiniqtirish, ularni chidamlilik darajasini oshirish, jismoniy imkoniyatlarini har qanday yuklamaga moslashtirishdan iborat.

Mashqlar komplekslarini ishlab chiqishning asosi – bu ko`p funsionallik tamoyilidir. Bu esa tananing barcha funksiyalarini raqobat yo`li bilan ishlatish va jismoniy jihatdan eng yaxshi tayyorlangan sportchilarni aniqlash imkonini beradi.

Federasiya faoliyatini tashkil etish to`g`risida

Respublikada oxirgi yillarda jismoniy tarbiya va sportni ommalashtirish, aholi o`rtasida sog`lom turmush tarzini targ`ib qilish, imkoniyatlari cheklangan shaxslarning jismoniy reabilitasiyasi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish hamda mamlakatning xalqaro sport maydonlarida munosib ishtirok etishini ta`minlash borasida izchil chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Mamlakatimizda sportni rivojlantirish doirasida qator ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar amalga oshirilmoqda. Xususan, sportning turli va yangi turlari bo`yicha federasiyalar ochilmoqda. Funsional ko`pkurash federasiyasi ham shular qatorida.

Federasiya faoliyatini tashkil etish bo`yicha asosiy hujjatlar (Nizom va majlis qarori) ishlab chiqildi, federasiya rahbariyatining tarkibi tasdiqlandi va ularning vazifalari belgilandi. Milliy gvardiya Qo`mondoni o`rinbosari M.G`aniev federasiya prezidenti, Ichki ishlar vaziri o`rinbosari B.Abdullaev hamda Milliy gvardiya harbiy xizmatchisi L.Rahmatullaeva esa vise-prezidentlari etib tayinlandi.

Шарҳлар

Og`ir atletika bo`yicha Jahon chempionatida o`zbekistonlik qiz biryo`la ikkita medalga sazovor bo`ldi

08.10.2021, 15:54

"Saudiya Arabistonining Jidda shahrida bo`lib o`tayotgan og`ir atletika bo`yicha o`smirlar o`rtasidagi Jahon chempionatining kechagi bahslari vakillarimiz uchun muvaffaqiyatli kechdi",–deya xabar bermoqda Turizm va sport vazirligi. Qizlar...
Toshkentdagi Abdulla Qodiriy muzeyida adib xotirasiga bag`ishlangan tadbirlar boshlandi

05.10.2021, 11:22

Kecha, 4 oktyabr kuni Abdulla Qodiriy nomidagi memorial muzeyda “Abdulla Qodiriy – O`zbek adabiyoti xazinasidan” mavzusidagi ma`naviy-ma`rifiy tadbir bo`lib o`tdi. Bu haqda Turizm va sport...
Futbol: O`zbekiston milliy terma jamoasi yig`iniga kimlar jalb etildi?

01.10.2021, 16:04

Oktyabr oyidagi FIFA kunlari doirasida O`zbekiston milliy terma jamoasi Malayziya va Iordaniyaga qarshi o`rtoqlik o`yinlarida ishtirok etadi. Terma jamoa bosh murabbiyi Srechko Katanes mazkur o`yinlar...
O`zbekistonda piyoda yurgani uchun to`lanadigan pul vaqtincha to`xtatildi

18.09.2021, 09:38

Joriy yil 14 sentyabrdan boshlab “Sog`lom turmush tarzi” platformasi bo`yicha foydalanuvchilarga to`lovlar vaqtincha to`xtatilgan. Bu haqda Turizm va sport vazirligi xabar berdi. O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining...