my5
Sevimli

O`zbekistonni internet erkin bo`lmagan davlatlar qatorida qoldi

Hi-tech 23.09.2021, 19:30
O`zbekistonni internet erkin bo`lmagan davlatlar qatorida qoldi

O`zbekiston AQShning Freedom House nodavlat tashkiloti tomonidan Internet erkin (not free) bo`lmagan mamlakatlar ro`yxatiga kiritildi. Bu haqda Qalampir.uz tashkilot saytida e`lon qilingan hisobotga asoslanib xabar bermoqda. 

Qayd etilishicha, O`zbekiston “Freedom on the Net 2021” (Internetdagi erkinlik 2021) reytingida mumkin bo`lgan 100 balldan 28 ball to`plagan.

MDH davlatlari va sobiq postsovet respublikalari orasida bu eng past ko`rsatkichdir. Masalan, Rossiya - 30, Belarus - 31, Qozog`iston - 33, Ozarbayjon - 35, Qirg`iziston - 53, Ukraina - 62, Armaniston - 71, Gruziya - 77 ball olgan.

Hujjatga ko`ra, O`zbekiston rasmiylari veb-saytlarni blokirovka qilishda va hukumatni tanqid qiluvchilarni hibsga olishda davom etmoqda. 

“Hukumat, shuningdek, ma`lumotlarni himoya qilish to`g`risidagi qonunni o`zgartirib, foydalanuvchilarning ma`lumotlarini lokalizasiya qilishni talab qildi, bu esa taniqli ijtimoiy tarmoqlarni blokirovka qilish uchun bahona bo`ldi”, deyiladi xabarda. 

Qayd etish kerakki, Internetda erkinlikni cheklash bo`yicha Xitoy birinchi o`rinda, undan so`ng Eron va Myanma turibdi.

Eng erkin davlatlar sifatida esa 100 balldan 96, 94 va 87 ball bilan Islandiya, Estoniya va Kosta-Rika ko`rsatilgan 

Шарҳлар