AsosiySport

O`zbekiston MMA assosiasiyasiga yangi rahbar saylandi

'O`zbekiston MMA assosiasiyasiga yangi rahbar saylandi'ning rasmi

O`zbekiston Aralash jang san`atlari assosiasiyasida viloyatlar hamda Qoraqalpog`iston Respublikasi bo`limi rahbarlari va boshqa mutasaddilar ishtirokida  yig`ilishda tashkilotga yangi vise-prezident saylandi. Bu haqda Otabek Umarov o`zining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida ma`lum qildi

Yig`ilish ishtirokchilari tomonidan O`zbekiston yakkakurash olamining yorqin vakillaridan biri, 93 kg vazn toifasida WTKF chempioni, yakkakurash sport turlarida ko`p karra O`zbekiston, Osiyo va Jahon chempioni, Buxorodagi “Amir Temur” klubi hamda ATF Championship promousheni asoschisi hisoblangan Muzaffar Rajabov nomzodlar orasida bir ovozdan ushbu lavozimga munosib, deb topildi.

Shu tariqa Muzaffar Rajabov O`zbekiston kikboksing assosiasiyasi vise-prezidenti, O`zbekiston MMA assosiasiyasi hamda O`zbekiston Qo`l jangi federasiyasi Buxoro viloyat bo`limining raisi lavozimida faoliyat olib boradi.

Ma`lumot uchun, MMA assosiasiyasining avvalgi vise-prezidenti Murod Xonto`raev edi.

    Boshqa yangiliklar