my5
Sevimli

G`ijduvonda fuqaro 40.000 so`m evaziga uyini fohishaxonaga aylantirdi

Jinoyat 24.09.2021, 09:01
G`ijduvonda fuqaro 40.000 so`m evaziga uyini fohishaxonaga aylantirdi

“Xavfsiz hudud” keng qamrovli profilaktik tadbirlar doirasida G`ijduvon tumanida o`tkazilgan “Oriyat” tezkor profilaktik tadbiri davomida Romitan tumani Gazli shahrida ro`yxatda turib, G`ijduvon tumani Pamo`za mahallasida yashovchi, 1972 yilda tug`ilgan M.V. ismli ayol o`zining yashash uyida, g`araz va past niyatlarda moddiy manfaatdor bo`lish evaziga bir ayol va erkakning jinsiy aloqa qilishlari uchun shart-sharoit yaratib berib, ulardan 40.000 so`m olib, fohishaxona tashkil qilganligi aniqlangan va xolislar ishtirokida tegishli hujjatlar rasmiylashtirilgan. Bu haqda Buhoro viloyati IIB Axborot xizmati xabar bermoqda.

Mazkur holat yuzasidan M.V. ga nisbatan O`zbekiston Respublikasi JK.ning  131-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Шарҳлар