AsosiySiyosat

Xalqaro konferensiya: O`zbekistonda olib borilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy o`zgarishlar muhokama qilinmoqda

'Xalqaro konferensiya: O`zbekistonda olib borilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy o`zgarishlar muhokama qilinmoqda'ning rasmi

Ayni damda Toshkentdagi Xalqaro Vestminster universitetida “Yangi O`zbekistonning Milliy barqaror rivojlanish maqsadlari: yutuqlar va istiqbollar” mavzusida xalqaro konferensiya bo`lib o`tmoqda. 

Unda O`zbekistonda olib borilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy o`zgarishlar muhokama qilinmoqda, deya xabar bermoqda Darakchi.uz muxbiri Karimjon Zaripov.

Ma`lumotga ko`ra, konferensiya Oliy Majlis Senati, Yoshlar ishlari agentligi, O`zbekistondagi BMT Taraqqiyot dasturi, Jahon banki hamda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti hamkorligida tashkil etilgan.

Ushbu yig`ilishda O`zbekistonda olib borilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy o`zgarishlar, barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishda islohotlarning ahamiyatini muhokama qilish, bilim va tajriba, ilmiy tadqiqotlar va rivojlanish strategiyalari natijalarini almashish hamda o`zaro hamkorlik uchun yo`l xaritalarini belgilab olish maqsadida o`tkazilmoqda.

Shuningdek, izchil, keng qamrovli va barqaror iqtisodiy o`sishga ko`maklashish, barchani to`liq va sermahsul ish bilan ta`minlash, uy-joyga ega bo`lish va “yashil iqtisodiyot”ni keng joriy etish, ekologik barqarorlikni mustahkamlash va odamlarning hayot sifatini yaxshilash bilan bog`liq boshqa muhim masalalarga ham yo`naltirilgan.

Konferensiyaning ikkinchi qismida yoshlar vakillari “Yoshlar so`zlari bilan aytganda milliy Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishish: ijtimoiy va innovasion loyihalar” mavzusida o`z taqdimotlari bilan ishtirok etishlari kutilmoqda.

Boshqa yangiliklar