my5
Sevimli

G`ijduvonda 40 ming so`m evaziga xonadonini fohishaxonaga aylantirgan ayol qo`lga tushdi

Jinoyat 24.09.2021, 13:18
G`ijduvonda 40 ming so`m evaziga xonadonini fohishaxonaga aylantirgan ayol qo`lga tushdi

“Xavfsiz hudud” keng qamrovli profilaktik tadbirlar doirasida G`ijduvon tumanida o`tkazilgan “Oriyat” tezkor profilaktik tadbiri davomida yana bir fohishaxona fosh etildi. Bu haqda Buhoro viloyati IIB Axborot xizmati xabar bermoqda. 

Ma`lum qilinishicha, Romitan tumani Gazli shahrida ro`yxatda turib, G`ijduvon tumani Pamo`za mahallasida yashovchi, 1972 yilda tug`ilgan M.V. ismli ayol o`zining yashash uyida, g`araz va past niyatlarda moddiy manfaatdor bo`lish evaziga bir ayol va erkakning jinsiy aloqa qilishlari uchun shart-sharoit yaratib bergan. Buning uchun ulardan 40.000 so`m olib, fohishaxona tashkil qilgan.

Mazkur holat xolislar ishtirokida tegishli hujjatlar rasmiylashtirildi.

Holat yuzasidan M.V. ga nisbatan O`zbekiston Respublikasi JK.ning  131-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

 

 

Шарҳлар