O`zbekiston Tashqi mehnat migrasiyasi agentligining Rossiya Federasiyasi IIViga tayanib bergan ma`lumotiga ko`ra, mamlakatda migrasiya sohasida yangi qonun loyihasi ishlab chiqilmoqda.
Rossiya IIVning Migrasiya masalalari bo`yicha bosh boshqarma boshlig`i o`rinbosari K.Adzinov migrasiya sohasidagi qoidalarni tubdan o`zgartiradigan katta qonun yozilayotgani, bu chet el fuqarolarining mamlakatga kirishi, mamlakat hududida bo`lishi, ishlashi bilan bog`liq huquqiy munosabatlarga ta`sir qilishi va hozirda amalda bo`lgan qator hujjatlarni bekor qilishini aytgan.
Xususan, Rossiya Federasiyasi hududiga kirishning ikkita asosiy turi bo`ladi: vizali va vizasiz. Hozirda chet elliklar uchun rasmiylashtirilayotgan barcha hujjatlar o`rnini bosadigan yagona hujjatni joriy etish rejalashtirilmoqda. Shuningdek, majburiy tibbiy sug`urta doirasida mehnat migrantlariga tibbiy yordam ko`rsatish va tibbiy vizalar olish qoidalarini aniqlashtirish ham nazarda tutilmoqda.
Migrasiya to`g`risidagi yangi qonun 2024 yilda kuchga kirishi mumkin.