my5
Sevimli

Nikohdan avvalgi tibbiy ko`rik jarayonlari optimallashtiriladi

Salomatlik 26.09.2021, 14:11
Теглар: Nikoh, tibbiy ko`rik
Nikohdan avvalgi tibbiy ko`rik jarayonlari optimallashtiriladi

Nikohdan avvalgi tibbiy ko`rik jarayonlari optimallashadi.

 Respublika aholi reproduktiv salomatligi markazi direktori Shahnoza Zufarova nikohdan oldingi tibbiy ko`rikning ahamiyati va bugungi kunda bu borada amalga oshirilayotgan ishlar haqida so`zladi.

 "O`zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli qaroriga ko`ra, endilikda Axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarini rivojlantirish vazirligi Sog`liqni saqlash vazirligi bilan birgalikda, FHDYo organlari bilan tibbiyot muassasalari, xususan, ko`p tarmoqli markaziy poliklinikalar o`rtasida nikohlanuvchilarning yagona avtomatlashtirilgan elektron bazasini shakllantirish belgilangan. Shu tarzda FHDYo organlari bilan tibbiyot muassasalari o`rtasida integrasion axborot tizimini yaratiladi. 

Bundan kutilayotgan natijalar quyidagilar: • inson omilini kamaytirish; 

• natijalarni soxtalashtirishning oldini olish; 

• shifokorni erkin tanlash;

 • yagona elektron ma`lumotlar bazasini shakllantirish; 

• sifat va samaradorlikni oshirish;

 • tibbiy ko`rikdan o`tish jarayonini nazorat qilish; 

• tibbiy ko`rikdan o`tish jarayonidagi vaqtni tejash",-deya ta`kidlab o`tdi shifokor.

— Bo`lg`usi juftliklar tibbiy ko`rikdan o`tishni istamaca, qanday yo`l tutiladi?

 " Ish tajribamiz davomida bo`lg`usi kelin-kuyovlar tibbiy ko`rikdan o`tmaslikka harakat qilish holatlari ham uchrab turadi. Ko`pincha bunga o`z salomatligiga bo`lgan haddan ortiq ishonch sabab bo`ladi. Bundan tashqari, o`z huquqlarini bilmasligi, tibbiy xizmatlarning bepul ekanidan xabarsizligi ham asosiy sabablardan. Bunday e`tiborsizlik natijasida nosog`lom farzandlar dunyoga kelish ehtimoli ortadi. Tibbiy ko`rik nafaqat bo`lajak avlodni sog`lom dunyoga keltirish uchun, balki yoshlar orasida uchrab turadigan irsiy kasalliklarning ham oldi olinishiga xizmat qiladi",-dedi  Shahnoza Zufarova.

Шарҳлар

Rossiyada ishlash huquqini beruvchi patent uchun tibbiy ko`rik O`zbekistonda o`tkaziladigan bo`ldi

11.10.2021, 11:10

Rossiyada ishlash huquqini beruvchi patent uchun tibbiy ko`rik O`zbekistonda o`tkaziladigan bo`ldi. Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi bu haqda xabar berdi.Qayd etilishicha, qurilish sohasida vaqtinchalik mehnat faoliyatini...
Urta Chirchiqlik fuqaro tibbiy ko`rikdan o`tkazilmasdan emlangani uchun vafot etgani rostmi? SSV vaziyatni o`rganmokda

03.09.2021, 14:53

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent viloyati O`rta Chirchiq tumanida yashovchi ayol T.Q.ning murojaati tarqaldi. Unda fuqaro farzandi S.Q.ning tibbiy ko`rikdan o`tkazilmasdan emlangani, natijada ahvoli og`irlashib vafot etgani haqida...
O`zbekistonda 333 nafar doimiy yashovchi fuqarolar xorijliklar bilan nikohdan o`tgan

17.08.2021, 17:02

 Davlat statistika qo`mitasi ma`lumotlariga ko`ra, 2021 yilning yanvar-iyun oylarida respublikamizda 119,0 mingta nikoh holatlari qayd etilgan.Xorijiy davlatlarda doimiy yashovchi fuqarolar bilan qayd etilgan nikohlar soni:...
O`zbekistonda qancha oila faqat sha`riy nikoh asosida yashagani aniqlandi

14.11.2019, 18:36

 O`zbekistonda FHDYo organlari hokimliklar tasarrufiga o`tkazilgach, faqatgina sha`riy nikoh bilan yashab kelgan 20 ming 350tadan ortiq oila aniqlanib, ularning nikohi qonuniylashtirildi.Bu haqda 13 noyabr kuni oila...