my5
Sevimli

DXXning 30 yilligiga bag`ishlab telekanallarda yangi film namoyish etiladi

Madaniyat 26.09.2021, 14:30
Теглар: Film, prem`era
DXXning 30 yilligiga bag`ishlab telekanallarda yangi film namoyish etiladi

Avvalroq bugun DXX xodimlarining 30 yillik tantanasi ekani haqida xabar bergan edik.

 Kinomotografiya agentligining qayd etishicha, sana munosabati bilan yangi "Mustahkam" filmi ishlab chiqilgan.

 Ma`lumotga ko`ra, mazkur film Kinematografiya agentligi buyurtmasiga binoan Davlat xavfsizlik xizmati bilan hamkorlikda “Spectre” kinostudiyasi tomonidan suratga olingan.

Unda Davlat xavfsizlik xizmati xodimlarining mashaqqatli mehnati, kasbiy faoliyati yoritilgan. 

Ssenariy muallifi va postanovkachi rejissyor Furqat Usmonov, postanovkachi operator Jahongir Ibragimov, ikkinchi rejissyor Muattar Mirredjabova, ijrochi prodyuser Davronxo`ja Abdug`aniev. 

"Bugun, 26 sentyabr - Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari kuni munosabati bilan yurtimiz telekanallarida filmning ilk namoyishlari bo`lib o`tadi",- deyiladi agentlik xabarida. 

Eslatib o`tamiz, film premerasi quyidagi vaqtlarda efirga uzatiladi:

  •  Zo'r TV - 17:00
  •  Mening yurtim - 19:00
  •  Renessans TV - 20:00
  •  Sevimli - 21:30

Шарҳлар

"Qalbi o`zbek rus shoiri" hujjatli filmi premera qilindi

16.09.2021, 10:26

Kuni kecha adiblar xiyobonida O`zbekiston xalq shoiri Aleksandr Faynberg haqidagi "Qalbi o`zbek rus shoiri" hujjatli filmi premera qilindi. Kinokartina Kinematografiya agentligi buyurtmasiga binoan “Hujjatli va xronikal...
Rossiya telekanallarining birida O`zbekiston haqidagi film premyerasi o`tkazildi

04.09.2021, 14:29

"Mir" teleradiokanali va «O`zbekkino» milliy agentligi O`zbekiston Respublikasi mustaqilligining 30 yilligiga bag`ishlangan qo`shma loyihani amalga oshirdi. "Mustaqillik. Missiya yakunlandi. O`zbekiston" filmining premerasi 2021 yil 1 sentyabr...
"Tutqunlik" filmining premerasi bo`lib o`tdi

30.08.2021, 09:06

Kuni kecha  "O`zbekfilm"da Kinematografiya agentligi buyurtmasiga binoan suratga olingan "Tutqunlik" badiiy filmining premerasi o`tkazildi.Premera avvalida Kinematografiya agentligi Bosh direktori Firdavs Abduxoliqov va boshqalar so`zga chiqib,...
“Soddadil” filmining s`yomka jarayonlari boshlandi

16.08.2021, 17:46

Kinematografiya agentligi “Yoshlik” kinostudiyasi tomonidan “Debyut start-2021” kinofestivalida g`olib bo`lgan ssenariy loyihalari asosida “Soddadil” qisqa metrajli filmining s`yomka jarayonlari boshlandi.Bu haqda kinemotografiya agentligi axborot xizmati...