my5
Sevimli

O`zbekistonda 6 ta yangi kinozal ishga tushadi

Madaniyat 26.09.2021, 20:32
O`zbekistonda 6 ta yangi kinozal ishga tushadi

Kinematografiya agentligi tomonidan o`tkazilayotgan "Ipak yo`li durdonasi" Toshkent xalqaro kinofestivali doirasida Toshkentda va boshqa hududlarda oltita kinozal foydalanishga topshiriladi. Bu xaqda Kinematografiya agentligi Axborot xizmati xabar qilmoqda.

Jumladan, Toshkentda qayta rekonstruksiyalangan  4 ta zal ochiladi. Ular ichida eng quvonarlisi 3300 o`ringa ega bo`lgan Alisher Navoiy nomidagi Kino saroyining yangicha qiyofada ta`mirlanmoqa. 

Yana bir shunday kinozallardan  2000 o`rinli  Renaissance Hall kino-konsert zali, Samarqand shahrida 3 ta zal va 450 o`rinli «Family Park» kinoteatrlari ishga tushadi. 

Kinofestival doirasirida Buxoroda kapital rekonstruksiyadan keyin ikkita zal va 434 o`ringa ega bo`lgan “Buxoro”,  225 o`rinli  “Chinor Cinema”, uchta zal ochilishi ko`zda tutilgan. “Buxoro” SKM (TRS) nomli 340 o`rinli kinoteatrlar foydalanishga topshiriladi.

Xivada esa Xudoybergan Devonov nomidagi 320 o`rinli kinoteatr yangilangan qiyofada tomoshabinlarni qarshi oladi.

 

Шарҳлар