AsosiySport

Qilichbozlik bo`yicha Toshkent mezbonlik qilgan musobaqani o`zbekistonlik sportchilar 4 ta medal bilan yakunladi

'Qilichbozlik bo`yicha Toshkent mezbonlik qilgan musobaqani o`zbekistonlik sportchilar 4 ta medal bilan yakunladi'ning rasmi

Poytaxtimizda qilichbozlik bo`yicha “Satellite” xalqaro turniri o`z yakuniga etdi. Bugun rapira qurolida o`tgan musobaqada ayollar o`rtasida g`olib va sovrindorlar nomi aniqlandi.

Quvonarlisi, bugun ham terma jamoamiz vakillari 2 ta medalga sazovor bo`lishdi. Hamyurtlarimizdan Umida Ilyasova hamda Madinabonu Parpieva shohsupaning uchinchi pog`onasidan joy oldilar. Qiziqarli kechgan bahslarda g`oliblik italiyalik Marta Kammilettiga nasib etdi.

“Satellite” turniri, Toshkent.
Rapira, ayollar:
1. Marta Kammiletti (Italiya)
2. Izabel Esteban (Filippin)
3. Madinabonu Parpieva (O`zbekiston)
3. Umida Ilyasova (O`zbekiston)

    Boshqa yangiliklar