Долзарб мавзулар Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili

“O`zbeknavo” faoliyati Qozog`istonda e`tirof etildi(Video)

Бўлимлар: Shou-biznes
Теглар: Video, O`zbekiston, O`zbeknavo
Добавлено: 12.04.2016, 10:37

Qozog`iston telekanallaridan birida efirga uzatilgan “Juldzdar jarkrayd” ko`rsatuvida “O`zbeknavo” estrada birlashmasi faoliyati yuksak e`tirof etildi. Bu haqda “Sayyod.com” sayti xabar bermoqda

Ko`rsatuvda Qozog`istonning ochiq-sochiq kiyinadigan estrada xonandalari tanqid qilinib, O`zbekistonda faoliyat yuritadigan xonandalarning o`zini tutishi va kiyinishi “O`zbeknavo” nazorati ostida ekanligi aytib o`tilgan. Shu o`rinda lisenziyada nazarda tutilgan talablarni bajarmaganligi uchun ogohlantirilgan va lisenziyadan mahrum qilingan san`atkorlar ham sanab o`tilgan. 

“Bir necha yillardan beri Qozog`istonda ijod qilib kelayotgan ‘Saxar’ guruhi yakkaxoni  Anvar Jo`raevning aytishicha, Qozog`istonda ‘O`zbeknavo’ kabi tashkilot yo`q va u erda  xonandalar faoliyati nazorat qilinmasligi hamda  lisenziya ham olinmasligini aytdi”,—deyiladi xabarda.

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Комментарии

Mutolaa

SUG'DIYONA