AsosiySport

Abdusalom Azizov O`FA prezidentligiga qayta saylandi

'Abdusalom Azizov O`FA prezidentligiga qayta saylandi'ning rasmi

25 sentyabr kuni bo`lib o`tgan hisobot-saylov kongressida Davlat xavfsizlik xizmati raisi Abdusalom Azizov O`zbekiston futbol assosiasiyasi prezidenti lavozimiga qayta saylandi. Bu haqda O`FA xabar bermoqda.

Kongress raisi Xabibulla Mirzaxanovning ma`lum qilishicha, 45ta a`zo tashkilot O`FA prezidenti lavozimiga Abdusalom Azizov nomzodini ilgari surgan, 42ta a`zo tashkilot esa O`FA birinchi vise-prezidenti lavozimiga Ravshan Ermatov nomzodini ilgari surgan.

"Shu bois Abdusalom Azizov va Ravshan Ermatovni yana bir bor o`z lavozimlariga qayta saylanganlari bilan tabriklayman", - dedi Kongress raisi.

    Boshqa yangiliklar