my5
Sevimli

O`zgidromet: Hafta oxiriga kelib ob-havo keskin o`zgaradi

Jamiyat 27.09.2021, 12:24
Теглар: O`zgidromet
O`zgidromet: Hafta oxiriga kelib ob-havo keskin o`zgaradi

Hafta oxiriga kelib ob-havo keskin o`zgaradi.

Bu haqda "O`zgiromet" ma`lum qildi.

Qayd etilishicha, bugun O`zbekiston hududi Qozog`iston orqali Volga bo`yi hududlaridan kirib kelgan antitsiklon ta`siri ostida bo`ladi. Barcha hududlarda quruq ob-havo saqlanib turadi, faqat Toshkent viloyatining tog`li hududlarida ba`zi joylarda biroz yomg`ir yog`ishi mumkin.

Respublikaning sharqiy hududlari va chekka shimoliy hududlarida shamol tezligi 17-22 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda. O`tgan dam olish kunlariga nisbatan harorat 8-10° ga pasayadi va 23-28° atrofida bo`ladi, lekin bunday holat sentyabr oyining oxirgi kunlari uchun bo`lgan me`yoriy qiymatlarga yaqindir.

Keyinchalik, sentyabr oyining oxirigacha O`zbekistonda kuchsiz va biroz shamollar bilan barqaror quruq ob-havo saqlanib turadi, tekis harorat fonida kechalari 10-15°, kunduz kunlari 23-28° atrofida bo`ladi. Faqat Qoraqalpog`iston bo`yicha 30 sentyabrda Rossiyaning Evropa qismining markaziy hududlari ustida shakllangan yangi sovuq havo kirib keladi va ob-havo o`zgaradi, yomg`ir yog`adi va kunduz kungi harorat 13-18° gacha pasayadi.

Oktyabr oyining birinchi kunlarida sovuq havo kirib kelishi O`zbekistonning barcha hududiga tarqaladi. Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida va Farg`ona vodiysida ba`zi joylarda yomg`ir yog`adi, shamol kuchayadi va harorat kechalari 7-12° gacha, kunduz kunlari 15-20° gacha pasayadi. Baland tog`larda yomg`ir qorga aylanishi mumkin.

Шарҳлар

Haftaning ikkinchi yarmida havo harorati biroz pasayishi prognoz qilinmoqda

23.08.2021, 17:26

Bu hafta davomida tog`li hududlarda asosan tinch ob-havo bo`lishi kutilmoqda. Faqat Toshkent viloyati va Farg`ona vodiysi viloyatlarida 23-24 avgust kunlari tog` va tog` oldi hududlarda...
"O`zgidromet" yurtimizda kuzatiladigan changli bo`ron haqida ogohlantirdi

07.07.2021, 16:05

«O`zgidromet» xizmati 8–10 iyul kunlari respublika bo`yicha shamol tezligi sekundiga 30 metrgacha kuchayishini va changli bo`ron kuzatilishini ma`lum qildi.Xabarga ko`ra, 8 iyulda O`zbekistonning shimoliy hududlariga,...
«O`zgidromet» maoshlar kamligi va kadrlar sohadan ketib qolayotganini ma`lum qildi

04.11.2020, 11:57

O`zbekiston Gidrometeorologiya xizmati samarali faoliyat yuritishi uchun oylik maoshlarining kamligi va malakali kadrlarning ketib qolishi kabi masalalarni zudlik bilan hal etish lozim. Bu haqda «O`zgidromet»...
Ertaga O`zbekistonga Volgabo`yidan sovuq antisiklon kiradi

27.10.2020, 22:56

Ertaga respublika shimoliga Rossiyaning Evropa qismi (Moskva oblasti)dan Volgabo`yi orqali sovuq antisiklon kira boshlaydi, deb xabar bermoqda O`zgidromet.Ertaga, 28 oktyabrda sovuq havo butun respublika hududiga...