my5
Sevimli

Surxondaryoda "Lacetti" haydovchisi mashinasida YPX xodimini "sudrab" ketdi

Jinoyat 27.09.2021, 20:14
Теглар: Lacetti
Surxondaryoda "Lacetti" haydovchisi mashinasida YPX xodimini "sudrab" ketdi

Ijtimoiy tarmoqlarda "Yana bir YPX xodimi kapot ustida sudrab ketildi" sarlavhasi ostida video tarqaldi. Unda o`zboshimcha haydovchining to`xtash ishorasiga amal qilmay, avtomashina "kapot"i ustiga YPX xodimini ortgan holatda harakatlangani tasvirlangan.

Yuzaga kelgan ushbu vaziyat yuzasidan YHXBB ham ma`lumot berdi.

Qayd etilishicha, joriy yilning 13 sentyabr kuni Surxondaryo viloyati, Qumqo`rg`on tumani, "Surxon sohili" MFY hududida YPX xodimi  yo`lning qatnov qismiga to`xtagan "Lacetti" rusumli avtomobil haydovchisining yoniga borib, o`zini tanishtirib, to`xtash qoidasini buzganligini aytib tegishli hujjatlarini taqdim qilishini so`ragan. Haydovchi xodimning talabini bajarmasdan, avtomobilini inspektorning ustiga boshqargan. Xodim qochishga ulgurmasdan avtomobilning kapot qismida osilib qolgan. Avtomobil taxminan 3,4 kilometr masofagacha harakatlangandan so`ng, xodim erga qulab tushgan.  

Shundan keyin YPX xodimi tan jarohati bilan tuman tibbiyot birlashmasiga murojaat qiladi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan tegishli tartibda jinoyat ishi qo`zg`atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilayotgani ta`kidlanmoqda.

Шарҳлар

Qarshida "Lacetti" haydovchisi piyodalar o`tish joyidan yo`lni kesib o`tayotgan fuqaroni urib yubordi (video)

20.09.2021, 10:33

Qarshida "Lacetti" haydovchisi piyodalar o`tish joyidan yo`lni kesib o`tayotgan fuqaroni urib yubordi.Bu haqda YHXBB xabar berdi.Unga ko`ra, joriy yilning 18 sentyabr kuni soat 12:05 larda,...
Qashqadaryoda "Isuzu"ga urilgan "Lacetti" yonib ketdi. 4 kishi halok bo`ldi

05.08.2021, 18:44

Dehqonobod tumanida Toshkent shahrida yashovchi fuqaro boshqaruvidagi Lasetti Xorazm viloyatida yashovchi haydovchi boshqarib kelayotgan Isuzu yuk mashinasi bilan to`qnashdi. Kelib chiqqan yong`in natijasida Lasetti avtomobilidagi...
Farg`onada «Lacetti» belgilanmagan joydan o`tayotgan 12 yoshli velosipedchini urib yubordi(video)

10.04.2021, 19:07

Farg`ona viloyati Marg`ilon shahrida 9 aprel kuni «Lacetti» belgilanmagan joydan o`tayotgan velosipedchini bosib ketdi. Bu haqda Yo`l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi axborot xizmati xabar berdi.Ma`lum...
Chilonzorda “LACETTI” haydovchisining boshqaruvni yo`qotishi YTHga olib keldi

11.11.2020, 20:29

Dastlabki ma`lumotlarga ko`ra, joriy yilning 11 noyabr kuni soat 18:50 larda, Toshkent shahar, Chilonzor tumani, Bunyodkor ko`chasidagi avtomobil ko`prigi ustida, haydovchi 1998 yilda tug`ilgan L.A....