my5
Sevimli

Xalqaro turnir: Toshkentda o`tkazilgan qilichbozlik musobaqasi sovrindorlari ma`lum qilindi

Sport 27.09.2021, 21:09
Теглар: Xalqaro turnir
Xalqaro turnir: Toshkentda o`tkazilgan qilichbozlik musobaqasi sovrindorlari ma`lum qilindi

Toshkentda o`tkazilgan qilichbozlik musobaqasi sovrindorlari ma`lum qilindi.

Turizm va sport vazirligining xabar berishicha, 25-26-sentyabr kunlari Toshkentda qilichbozlik bo`yicha "Satellite" xalqaro turniri o`tkazilgan. 

Musobaqaning ikkinchi kunida ishtirokchilar rapira qurolida o`zaro musobaqalashishgan. Undan so`ng ayollar o`rtasidagi bahslarning g`olib va sovrindorlari nomlari ma`lum qilindi.

"Quvonarlisi, kechagi bahslarda ham terma jamoamiz a`zolari ikkita medalga sazovor bo`lishdi. Hamyurtlarimizdan Umida Ilyasova hamda Madinabonu Parpieva shohsupaning uchinchi pog`onasidan joy olishdi. Bahslarda g`oliblik italiyalik Marta Kammilettiga nasib etgan bo`lsa, kumush medalga Filippin vakilasi Izabel Esteban sazovor bo`ldi", - deyiladi vazirlik xabarida.

Eslatib o`tamiz, ushbu musobaqa Xalqaro qilichbozlik federasiyasi taqvimidan o`rin olgan.

Шарҳлар