my5
Sevimli

Eronlik kinoijodkorlar Toshkentga tashrif buyurishdi

Madaniyat 28.09.2021, 11:34
Теглар: ​Eron
Eronlik kinoijodkorlar Toshkentga tashrif buyurishdi

Xabaringiz bor, 28 sentyabrdan 3 oktyabrga qadar O`zbekistonning bir qator shaharlarida “Buyuk ipak yo`li durdonasi” XIII Xalqaro Toshkent kinofestivali o`tkazilmoqda.

Kuni kecha Toshkent xalqaro aeroportida “Ipak yo`li durdonasi” XIII Toshkent xalqaro kinofestivalida ishtirok etish uchun bir guruh eronlik kinoijodkorlar tantanali kutib olindi.  

“Tinchlik, ma`rifat va taraqqiyot uchun” shiori ostida o`tayotgan kinofestival doirasida 13 mamlakat vakillari ishtirokida “Jahon  kinosi kunlari”ni ham o`tkazish ko`zda tutilgan. Ushbu  tadbirda ham  eronlk kinoijodkorlar faol ishtirok etishi kutilmoqda.  

Bu yilgi Toshkent kinofestivaliga tashrif buyurgan eronliklar delegasiyasi  tarkibidan A.Tobiish, Mirza Abulfazl Attar, Muxammad Mexdi Asg`arpur, Ibrohim Muxtoriy, Hamidrizo  Qutbiy, Alirizo  Shohruxiy, Hamid Tehroniy,  Ali G`aviton  kabi taniqli kino ijodkorlar o`rin olgan. Ular Toshkent, Jizzax, Samarqand shaharlarida o`z ijod namunalarini namoyish etadilar.  

Kinofestivalning  “Jahon kinosi kunlari” dasturidan o`rin olgan “Eron kinosi kunlari”ning ochilishi marosimi 29 sentyabr kuni O`zbekiston Yoshlar teatri binosida bo`lib o`tadi. 

Eron ijodkorlarining eng mashhur rejissyorlaridan biri  Ibrohim Muxtoriyning “Hayot varaqlari”(2017) filmi kinofestivalning  “Jahon kinosi kunlari” dasturida Eron fil`mlar namoyishini boshlab beradi.

30 sentyabr kuni O`zbekiston Yoshlari teatri binosi Eron kin kunlari davom qilib bu kuni kino ixlosmandlari uchun rejissyor Maziyor Miriyning  “Sara va Saida”  (2017)  hamda  yana bir mashhur eron rejissyori Abulfazl Jalilining “Tungi poezd” filmlari namoyish bo`lib o`tadi.

30 sentyabr kuni misrlik mehmonlar Jizzax shahriga tashrif buyurishadi. Fil`m namoyishidan oldin kinoijodkorlar bilan ijodiy uchrashuv o`tkaziladi. Co`ngra  Eronning mashhur fil`mlaridan biri “Suhrobning orzulari” badiiy fil`mi namoyish qilinadi. Fil`m rejissyori Ali G`aviton.  

1 oktyabr kuni mehmonlar Samarqandga tashrif buyuradilar. Samarqanddagi “Yoshlar markazi”da eronlik kino ustalari bilan uchrashuv bo`lib o`tadi. Bu erda “Meros”(2020) ,“Onalik”(2017) hamda “Diapazon” badiiy fil`mlari kinotomashabinlarga taqdim qilinadi.

2 oktyabr kuni esa eronlik kinoijodkorlar Toshkent shahriga qaytib kelishadi. Mehmonlar “Jahon kinosi kunlari”ning yopilish marosimida ishtirok etishadi. Shuningdek, “Renaissance Hall” kinokonsert zalida o`tadigan XIII  Xalqaro Toshkent kinofestivalining tantanali yorpilish marosimida ham eronlik  mehmonlarham ishtirok etishlari kutilmoqda.

Шарҳлар

Eron Shanxay Hamkorlik Tashkilotiga a`zo bo`ladi

09.09.2021, 12:17

Navbatdagi sammitda Shanxay Hamkorlik Tashkilot Eronning tashkilotga a`zoligini E`lon qiladi. Bu haqda "Kommersant"ga tayanib Lenta.ru xabar bermoqda.Ma`lumotlarga ko`ra, yaqin orada ShHTga a`zo davlatlar soni to`qqiztaga ko`payadi. Qayd...
Eron O`zbekistonning eksport tovarlari tranziti uchun imtiyozlarni uzaytiradi

23.01.2021, 09:51

Eron temir yo`llari tashkiloti (OZD) rahbariyati tomonidan eksport tovarlari tranziti uchun imtiyozlar, shuningdek, Eron orqali o`zbek tovarlarini tashish va tranzit qilish uchun sezilarli chegirmalar berildi,...
Ertadan O`zbekiston va Eron o`rtasida muntazam parvozlar rasman tiklanadi

08.12.2019, 22:28

9 dekabr kuni Eronning “Zagros Airlines” aviakompaniyasi “Tehron-Toshkent-Tehron” yo`nalishida muntazam parvozlarni amalga oshirishni boshlaydi. Bu haqda O`zbekiston Transport vazirligi ma`lum qildi.Dastlabki bosqichda Eron aviakompaniyasi mazkur...
Soxta Italiya pasportli eronliklar yurtimizga kirishga urindi

08.11.2019, 17:27

 Joriy yilning 3 noyabr kuni I. Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida “Istanbul-Toshkent” yo`nalishi bo`yicha poytaxtimizga kelgan ana shunday bir guruh shaxslar qo`lga olindi. Bu haqda...