my5
Sevimli

O`qituvchining maoshini 1000 dollarga etkazmagunimcha to`xtamayman – Shavkat Mirziyoev

Siyosat 28.09.2021, 14:04
Теглар: O`qituvchi, maosh, 1000 dollar
O`qituvchining maoshini 1000 dollarga etkazmagunimcha to`xtamayman – Shavkat Mirziyoev

Avval xabar berganimizdek, ayni daqiqalarda Farg`onada Shavkat Mirziyoev boshchiligida yig`ilish o`tkazilmoqda.

"Darakchi" muxbiri Sardorbek Rahmonqulovning mazkur yig`ilishdan xabar berishicha, O`zbekistonda ta`lim bo`yicha milliy dastur qabul qilinadi.

"Ta`lim bo`yicha alohida milliy dastur qabul qilamiz. Boshqa ilojimiz yo`q. Chunki ta`lim biz uchun muhim. Prezidentlikka kirishgan paytim mendan maktabning 10-11 sinflarini tiklab berishni so`rashgandi. Mana, amalga oshirdik. Muallimning nufuzini oshirish uchun hali qiladigan ishlarimiz ko`p. Hammangiz bilasiz, yoshligimizda o`qituvchi ko`chadan o`tib ketsa, biz 5 metr chetroqqa turib salom berardik. Men ustozimning maoshini ming dollarga etkazmaguncha to`xtamayman.
Afsuski, so`nggi paytlarda yoshlarning “tarbiyachisi” qo`llaridagi telefon bo`lib qoldi. Bu ham zamona zaylidir, lekin yoshlarimiz tarbiyasi meni jiddiy o`ylantiradi”, – deydi Shavkat Mirziyoev O`zbekistondagi ta`lim tizimi haqida gapirarkan.

Шарҳлар

Rossiyaga ishlash uchun borgan fuqarolarning berilmayotgan maoshlari tartibga solinadi

24.07.2021, 18:25

Ijtimoiy tarmoqlarda bir guruh o`zbekistonlik mehnat migrantlarining Tashqi mehnat migrasiyasi agentligining Andijon viloyati filiali orqali Rossiyaga ishlash uchun borgani, ammo va`da qilingan oylik maoshlari berilmayotgani...
Bosh prokuratura “Samarqandda 15 kishi kaltaklab o`ldirgan o`qituvchi” tafsilotlarini ma`lum qildi

27.11.2019, 15:56

 Bugun internetda Samarqandlik o`qituvchi 15 kishi tomonidan kaltaklanishi oqibatida vafot etgani haqida xabar tarqaldi. darakchi.uz voqeaga aniqlik kirtish maqsadida Bosh prokuratura bilan bog`landi. Holat tezkor...
Saylovga qo`y so`yish uchun o`qituvchilar maoshidan ushlab qolish “topshirig`i” o`rganildi

14.11.2019, 19:18

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent viloyati, Yangiyo`l shahar xalq ta`limi bo`limi tasarrufidagi kamida ikkita maktabda ma`muriyat tomonidan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va mahalliy kengashlarga saylov o`tkazishga stollarni...
Farg`onada o`qituvchi 25 yildan so`ng oqlangach, prokuror undan kechirim so`radi

07.11.2019, 09:48

Farg`onada bo`hton qurboni bo`lib, sud hukmi bilan oqlangan o`qituvchidan prokuror 25 yil avvalgi xatolik uchun uzr so`radi.Adolat baribir qaror topadi. Jinoyat ishlari bo`yicha Farg`ona viloyat...