my5
Sevimli

Tezkor xabar: O`zbekistonda 12 yoshdan oshgan bolalar ham COVID-19ga qarshi emlanadi

Jamiyat 28.09.2021, 14:50
Теглар: SSV
Tezkor xabar: O`zbekistonda 12 yoshdan oshgan  bolalar ham COVID-19ga qarshi emlanadi

Endilikda mamlakatimizda 12 yoshdan katta bolalar COVID-19ga qarshi Pfizer vaksinasi bilan ixtiyoriy ravishda emlashnishga ruxsat berildi.

Koronavirusga qarshi Pfizer vaksinasining 12-15 yoshdagi bolalarda o`tkazilgan klinik sinovlarining natijalari mazkur vaksinaning yuqori darajada samaradorligi va xavfsizligini ko`rsatdi.  

Jahon sog`liqni saqlash tashkiloti tomonidan 12 yoshdan yuqori bolalarni va o`smirlarni Pfizer vaksinasi bilan emlash tavsiya etildi.

O`zbekiston Respublikasi Bosh davlat sanitariya vrachi va milliy texnik immunologik ekspert komissiyasining qaroriga asosan, yurtimizda ota-onalar va vasiylarining roziligi asosida, ixtiyoriy ravishda 12 yoshdan katta bolalarni Pfizer vaksinasi bilan emlash imkoniyati mavjud.  

Yurtimizda ham 12 yoshdan katta bolalar shifokor ko`rigidan o`tgach, koronavirusga qarshi Pfizer vaksinasi bilan emlanishlari mumkin.  

Eslatib o`tamiz, shu yil 13 sentyabr kuni mamlakatimizga 1 200 000 dozasi Pfizer/BioNTech vaksinasi olib kelingan.  

Ayni kungacha mamlakatimizda jami 19 969 345 doza vaksinadan foydalanildi. Shu kungacha to`liq emlangan fuqarolar 4 283 645 nafarni tashkil qilmoqda.

Шарҳлар

SSV: Gripp "beozor" kasallik emas

11.10.2021, 19:14

Ma`lumki, gripp va o`tkir respirator infeksiyalarning mavsumiy ko`tarilish davri kuz-qish mavsumiga to`g`ri keladi. Bu paytda, ayniqsa, immuniteti sust bolalar, keksa yoshdagi kishilar, homiladorlik hamda surunkali...
SSV 2021 yilda O`zbekistonda tashkil etilgan oilaviy shifoxonalar haqida ma`lumot berdi

04.10.2021, 19:34

Sog`liqni saqlash vazirligi  Matbuot xizmatining xabar berishicha, sog`liqni saqlash sohasini yanada rivojlantirish maqsadida kelgusi 3 yilda yurtimizda 315 ta oilaviy shifokor punkti va 85 ta...
SSV: Yurtimizga ZF-UZ-VAC2001 vaksinasining navbatdagi partiyasi olib kelindi

24.09.2021, 18:58

Bugun yurtimizga 2 499 668 doza ZF-UZ-VAC2001 vaksinasi olib kelindi.  Shunday qilib, yurtimizga keltirilgan jami vaksina 26 754 208 dozani tashkil qilmoqda.Ulardan:  1 594 480...
SSV fuqarolardan vaksinasiya borasida provokasion xabarlar tarqatmaslikni so`radi

30.08.2021, 00:18

Ijtimoiy tarmoqlarda "Namanganda vaksina olgan ayol gapirmaydigan, o`rnidan turolmaydigan bo`lib qoldi", mazmunidagi xabarlar tarqaldi.  Namangan shahrida yashovchi ayol Z.A. bilan bog`liq holat shu vaqtning o`zidayoq Sog`liqni...