my5
Sevimli

Angrendagi ko`p qavatli uyda sodir bo`lgan yong`in bartaraf etildi

Jamiyat 28.09.2021, 15:27
Теглар: Favqulotda vaziyatlar vazirligi
Angrendagi ko`p qavatli uyda sodir bo`lgan yong`in bartaraf etildi

Angren shahridagi ko`p qavatli uyning tomi yonayotgani haqida xabar bergan edik. 

Favqulotda vaziyatlar vazirligi holat bo`yicha rasmiy ma`lumot berdi. 

Unda aytilishicha, bugun, 28 sentyabr kuni soat 12:42 da Toshkent viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga Angren shahar 4-dahada joylashgan  to`rt qavatli 11-uyning tom qismida yong`in sodir bo`layotganligi to`g`risida xabar kelib tushgan.

Xabarga ko`ra, 7 ta yong`in-qutqaruv ekipaji va 1 ta avtonarvon texnikasi soat 12:48 da voqea joyiga etib borgan va yong`in soat 13:30 da bartaraf etilgan.  

Yong`in oqibatida uyning taxminan 200-250 kv.m maydonda tom qismi yonib zararlangan.

Hodisa oqibatida halok bo`lgan va jabrlanganlar yo`q.

Hozirda yong`in sababi va zarar miqdori aniqlanmoqda.

Yuqoridagi kabi ko`ngilsiz vaziyatlarning oldini olish maqsadida, Favqulodda vaziyatlar vazirligi fuqarolardan yong`in xavfsizligi qoidalariga rioya etishni so`rab qoladi.

Шарҳлар

FVV “Qamchiq” dovonidan harakatlanuvchi haydovchilarni ogohlantirdi

08.10.2021, 18:54

2021 yil 9-10 oktyabr kunlari A-373 “Toshkent - O`sh” avtoyo`lining “Qamchiq” dovoni xududida yog`ingarchilik (yomg`ir - qor), vaqti- vaqti bilan kuchli yog`ingarchilik, tuman, ko`rinuvchanlik 50...
Samarqanddagi uylarning birida havo-gaz aralashmasining chaqnashi oqibatida yong`in chiqdi. Jarohatlanganlar bor

08.10.2021, 17:04

Bugun, 8 oktyabr kuni soat 04:50 da Samarqand viloyati Kattaqo`rg`on shahar “Ko`xnadam” MFY Toshkent ko`chasida joylashgan uylarning birida havo-gaz aralashmasining chaqnashi sodir bo`lganligi to`g`risida Kattaqo`rg`on...
Andijondagi vaqtincha ish faoliyati to`xtatilgan bog`chada yong`in sodir bo`ldi

20.09.2021, 13:16

Ijtimoiy tarmoqlarda “Andijon shahar 2-mikrorayondagi bog`cha yonyapti” sarlavhasi ostida xabar tarqaldi. Favqulotda vaziyatlar vazirligi holat bo`yicha ma`lumot berdi. Unda aytilishicha, bugun, 20 sentyabr kuni soat 11:30...
Namanganda suvga cho`kib ketgan ayolning jasadi qidirilmoqda

16.09.2021, 19:07

2021 yilning 15 sentyabr  kuni soat 15:30larda Pop tumani Uyg`ur mahalla fuqarolar yig`inida yashagan, 1995 yilda tug`ilgan A.D ismli fuqaro Pop tumani Mirzaorol mahalla fuqarolar...