my5
Sevimli

Namanganda aholining kommunal xizmat sohasidagi muammolari o`rganilmoqda

Erkin minbar 28.09.2021, 15:45
Namanganda aholining kommunal xizmat sohasidagi muammolari o`rganilmoqda

Namangan shahrida istiqomat qilayotgan aholining kommunal xizmat sohasidagi muammolari o`z echimini topyapti. Zero, bu muammolarning aksariyati yaqin o`n-o`n besh yil, balki undan ham ko`proq vaqtdan buyon shaharlik aholini qiynab kelayotgan edi. Hokimlik, sektorlar va tegishli mutasaddi tashkilotlar rahbarlarining mavjud muammolarni joyiga borib o`rganishi, ularning aholi bilan yuzma-yuz ochiq muloqot qilayotgani, o`rganishlar mahallabay, xonadonbay asosida olib borilayotgani bu borada aniq natijaga erishish imkonini beryapti.

Ta`kidlash joizki, joriy yilning o`tgan davri mobaynida Namangan shahrida aholining kommunal xizmatlar bilan bog`liq masalalarini hal etish, yashash sharoitlarini yanada yaxshilash maqsadida 76,2 km. uzunlikdagi  6-0,4 kV.li elektr uzatish tarmoqlari qurilib, 15 dona transformator punktlari o`rnatildi va ishga tushirildi. Yil oxiriga qadar jami 134,7 km. uzunlikdagi 6-0,4 kV.li elektr uzatish tarmoqlarini rekonstruksiya va modernizasiya qilish hamda 
30 dona transformator punktlarini o`rnatish rejalashtirilgan. 

Bundan tashqari, joriy kuz-qish mavsumiga har yilgidan jiddiy tayyorgarlik ko`rilmoqda. Shahardagi 46 ta transformator punkti va 
84,2 km. uzunlikdagi elektr uzatish tarmoqlarini yil davomida mukammal ta`mirlash nazarda tutilgan holda hozirgacha 37 ta tarnsformator punktlari va 36,9 km. uzunlikdagi elektr uzatish tarmoqlarini mukammal ta`mirlashga erishildi. 

Namangan shahrining ayrim hududlari aholisi shu kunga qadar toza ichimlik suvi tanqisligidan aziyat chekib kelar edi. Mana shu muammoga ham samarali echim topilyapti. “Bunyodkor” MFYda loyiha qiymati 149,6 mlrd. so`m bo`lgan ishlar nihoyasiga etish arafasida. Bular bittadan suv va suv tarqatish inshooti, 31,8 km. magistral suv tarmog`i hamda 53 km. ko`cha tarmoqlarini tortish ishlaridan iborat amaliy natijalar ekani nafaqat “bunyodkorliklar”, balki barchani quvontirishi tabiiy. 

Ma`lumotlarga ko`ra, yil boshidan buyon 7 ta hududdagi jami 8,4 km. uzunlikdagi eskirgan suv tarmoqlari yangidan tortilgan, yana 5,0 km. uzunlikdagi yangi tarmoqlarni tortish ishlari davom etyapti. 

Shuningdek, Yakkasada MFY hududida 1500 metr, Ozod MFY A. Xo`jaev ko`chasidagi 150 metr, “Yangi hayot” MFY “Chaman” ko`chasida 1 km.li ichimlik suvi tarmog`i yangilangan bo`lsa, Zarbdor MFY Zarbdor ko`chasidagi eskirgan 200 metr, Bog`dod ko`chasidagi 400 metr, “Sharshara” MFYdagi ko`zi ojizlar jamiyatiga yo`naltirilgan 400 metrdan iborat tarmoqlar yangisiga almashtirilmoqda. 

Sir emas, yaqin yillar ichida shahardagi ko`p qavatli uylarning issiqlik tizimidagi nosozliklar aholining haqli e`tirozlariga sabab bo`layotgan edi. Bu muammo elektr tarmoqlaridagi uzilishlarga ham zamin yaratar, qahraton qish kunlarida soatlab vaqt va kattagina mablag`lar elektr ta`minotidagi nosozliklarni bartaraf etishga sarflanayotgan edi. Chunki isitish tizimi nosoz uylardagi xonadonlar faqat elektr isitish moslamalaridan foydalanishga majbur bo`lar edi. Bu yil kuz-qish mavsumida shaharliklar bunday qiyinchiliklarga duch kelmaydilar. Negaki, yil boshida Namangan shahridagi 350 ta ko`p qavatli uylardagi xonadonlarni markazlashgan issiqlik ta`minotiga ulanishi uchun ichki tarmoqlarni tiklashga mahalliy byudjetdan 28,6 mlrd so`m mablag`lar ajratilgan. Bugungacha 18,0 mlrd so`m mablag`lar to`liq o`zlashtirildi. 

Jumladan,Davlatobod tumani “Porloq” MFY hududidagi 59 ta ko`p qavatli uylardagi 2738 ta xonadonlarni markazlashgan issiqlik ta`minotiga ulash bo`yicha ichki tarmoqlarni demontaj va montaj qilish ishlari yakunlandi va xonadonlarga radiatorlar to`liq montaj qilib bo`lindi. 1- va 2-kichik tuman deb yuritiluvchi “Mustaqillik”, “To`quvchi” hamda “Navbahor” MFYdagi 94 ta ko`p qavatli uylarda ham ichki tarmoqlarni montaj ishlari 100 foizga yakunlandi. Hozirda bu uylarga radiatorlarni montaj qilish jarayoni davom etyapti. 4-, 5-, 5-a, 6-kichik tumanlardagi 208 ta ko`p qavatli uylarning erto`la qismlaridagi demontaj ishlari ham to`liq yakunlanib, xonadonlarning ichki montaj ishlari jadal davom etayapti. 

Savol tug`iladi: issiqlik ta`minoti bo`yicha magistral tarmoqlar masalasi qanday hal etilyapti? Bu borada bosh pudrat tashkiloti “O`zbekgidroenergoqurilish” AJ hisoblanadi va bu tashkilot tomonidan tarmoq jadvali ishlab chiqilib, tasdiqlangan. Jumladan, birinchi bosqichda 1-3 kichik tumanlar (“Porloq”, “Navbahor”, “Mustaqillik” va “To`quvchi” MFY) hududidagi ko`p qavatli uylarni markazlashgan issiqlik ta`minotini rekonstruksiya va RK-1 qozonxonasini qurish rejalashtirilgan. Ayni paytda RK-1 qozonxonasini tayyorlash, magistral tarmoqni tortish maqsadida qurilish-montaj ishlari uchun ob`ekt ishchi shtabi tashkil qilingan. Hududga diametri D-89-426 mm.gacha bo`lgan PPU trubalardan jami 25 800 p/m olib kelingan. 1- va 2-kichik tumanlarda diametri D-89-426 mm.gacha bo`lgan PPU trubalardan jami 7 400 m. magistral tarmoq tortish ishlari oxiriga etkazildi. RK-1 va RK-2 qozonxonasining 1- va 2-qatlamlariga beton quyish ishlari yakunlanib, elektr, suv va gaz ta`minoti  korxonalaridan RK-1, RK-2 qozonxonalari uchun texnik shartlar olindi. “Porloq”, “Navbahor” va “Mustaqillik” MFY hududidagi ko`p qavatli uylarning erto`la qismidagi 185 ta ITP uchun joylar tayyor holga keltirildi.

Yashash xonadonidagi shart-sharoitlarning ko`ngildagiday bo`lishi insonlarning hayotdan rozi bo`lib yashashi, salomatligi, kasbida to`laqonli faoliyat ko`rsatishi, farzandlarning sog`lom voyaga etishiga zamin yaratadi. Aynan shu boisdan ham hukumatimiz tomonidan aholining turmush tarzida ijobiy o`zgarishlar yasash bosh maqsad qilib olingan. Bu borada oqilona ish tashkil etish, chora-tadbirlarni o`z vaqtida bajarilishi nihoyatda muhim. Bu fikrimizga yuqorida tilga olingan amaliy natijalar dalil bo`la oladi, albatta. 

Sanjarbek HAMIDOV. NAMANGAN ShAHRI AHOLISINING KOMMUNAL XIZMAT SOHASIDAGI MUAMMOLARI O`Z EChIMINI TOPMOQDA

Sanjarbek HAMIDOV

Шарҳлар