Davlat statistika qo`mitasining ma`lumotlariga ko`ra, respublikamizda 2021 yilning yanvar–avgust oylarida yirik sanoat korxonalari tomonidan qariyb 8 mln. tonna sement ishlab chiqarilgan.
Sement ishlab chiqarish o`tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 18,2 % ga oshgan.
Sement ishlab chiqaruvchi yirik sanoat korxonalari tomonidan respublika miqyosida ishlab chiqarilgan mahsulotlarning jami hajmida eng yuqori ulushga ega hududlar:
- Toshkent viloyati – 42,8 %
- Navoiy viloyati – 32,1 %
- Jizzax viloyati – 13,3 %
- Farg`ona viloyati – 8,2 %