my5
Sevimli

Rasul Kusherbaev: "Bu rekord ko`rsatkich". Deputat 2021 yilning olti oyida mansabdorlar tomonidan sodir etilgan korrupsion holatlarga munosabat bildirdi

Jamiyat 28.09.2021, 16:56
Теглар: Rasul Kusherbaev
Rasul Kusherbaev: "Bu rekord ko`rsatkich". Deputat 2021 yilning olti oyida mansabdorlar tomonidan sodir etilgan korrupsion  holatlarga munosabat bildirdi

O`zbekistonda 2021 yilning olti oyida 2544 nafar mansabdor shaxs korrupsiya bilan bog`liq jinoyatlari uchun javobgarlikka tortilgan.  Davlat va jamiyatga etkazilgan zarar hozircha 592 mlrd so`m.  Bu haqda deputut Rasul Kusherbaev o`z telegram sahifasida yozmoqda. 

"Bu rekord ko`rsatkich! Chunki, 2020 yil davomida 1723 nafar mansabdor shaxs javobgarlikka tortilib, davlat va jamiyatga etkazilgan zarar 500 mlrd so`mni tashkil etgan edi",–deydi deputat. 

Kusherbaevning fikricha, bundan ikkita xulosa kelib chiqadi:  

birinchisi, o`tgan yillar davomida ham korrursiya holatlari ko`p bo`lsa-da, uni fosh etish ko`rsatkichi kam bo`lib, yashirishga harakat qilingan;  

ikkinchisi, 2021 yilda mansabdorlarning korrupsiyaga moyilligi soni keskin oshgan va bu ularga korrupsiya bilan shug`ullanishga sharoit yaratib qo`yilayotgani bilan bog`liq bo`lishi mumkin.

Ma`lumotlar Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qo`mitasining Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori axborotini eshitishga bag`ishlangan tadbirida e`lon qilingan.

Шарҳлар

"Monopolist iste`molchilar huquqlarini buzishda davom etmoqda" – Rasul Kusherbaev

16.10.2021, 10:00

"UzAuto Motors"  4-pozisiya Chevrolet Cobalt’ni kutayotgan mijozlarga avtomobil o`rindig`ini isitish modulisiz taklif etmoqda. Ushbu komplektasiya 1 mln so`mni tashkil etadi hamda ushbu summa mijozga qaytarib...
Rasul Kusherbaev: "Uzavto Motors" monopoliyasi o`zbekistonliklarni kulguga qoldirmoqda

23.09.2021, 17:07

Qozog`iston televideniesida “GM” dan avtomobil sotib olish uchun oylab kutayotganlar haqidagi mavzu yoritildi. "Oldindan pulini to`lab qo`yib avtomobilini ola olmayotgan o`zbekistonliklar safi 30 mingdan ortdi... Shunga...
"Qonunsizlikning cho`qqisi" – Rasul Kusherbaev Surxondaryoda daraxtlar noqonuniy kesilayotganini ma`lum qildi

04.07.2021, 17:43

Denovda daraxtlar bilan bog`liq vaziyat biz o`ylagandan ko`ra jiddiyroq bo`lib chiqdi. Bu haqda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Rasul Kusherbaev o`zining telegram kanalida ma`lum qildi. "Tuman...
"Ana mardlik" – Sud`yalar oliy kengashi raisi deputat Rasul Kusherbaev ustidan arz qildi

18.06.2021, 18:04

Sud`yalar oliy kengashi raisi Holmo`min Yodgorov deputat Rasul Kusherbaev ustidan parlament etika komissiyasiga arz qilgan. Bu haqda Kusherbaev o`zining telegram kanalida ma`lum qilmoqda. Da`vo sababi qilib...