my5
Sevimli

Endi tabiiy gaz ogohlantirishsiz o`chirilmaydi

Jamiyat 28.09.2021, 19:02
Теглар: tabiiy gaz
Endi tabiiy gaz ogohlantirishsiz o`chirilmaydi

Endi tabiiy gaz endi ogohlantirishsiz o`chirilmaydi. Bu haqda AOKAda o`tkazilgan matbuot anjumanidan muxbirimiz Dilbar Abdunabieva xabar qilmoqda. 

Mazkur anjumanda, “Hududgazta`minot” AJ boshqarma boshlig`i Bahodir Vahobov tabiiy gaz o`chirilishi bilan bog`liq  savollarga javob berdi.

"Hozirgi kunga qadar ikki millionga yaqin xonadonga elektron gaz hisoblagichlar o`rnatildi. Barcha iste`molchilarning telefon raqamlari bazaga kiritilgan. Agarda iste`molchida qarzdorlik aniqlansa, unga albatta xabarnoma yuboriladi va qarzni to`lash uchun besh kun muddat beriladi.

Elektron gaz hisoblagichlar o`rnatilmagan xonadonlar egalarining raqamlari ham bazaga kiritilgan va ularda ham qarzdorlik mavjud bo`lsa, tabiiy gaz o`chirilishi haqida ogohlantiriladi.

 To`g`ri, ilgari ogohlantirishsiz o`chirilardi. Endi bunday holat bo`lmaydi. Favqulodda holatlarda esa aholi mahalliy hokimlik organlari orqali xabardor qilinadi",—deydi boshqarma boshlig`i. 

Шарҳлар