my5
Sevimli

​​UzAuto Motors yangilangan Chevrolet Captiva narxini e`lon qildi

Jamiyat 28.09.2021, 20:34
​​UzAuto Motors yangilangan Chevrolet Captiva narxini e`lon qildi

UzAuto Motors Chevrolet Captiva 2022 krossoverini taqdim etdi. Kompaniya matbuot xizmati xabariga ko`ra, avtomobilning 4 turdagi komplektasiyasi mavjud: boshlang`ich LT, LT 5, LT 7 va Premier.

Avtomobil 1,5 litrli turbo dvigatel, 10,4 dyuymli sensorli ekran, avtomatik uzatmalar qutisi, elektr boshqaruvli rul bilan jihozlangan, o`rindiqlar soft touch materiali bilan qoplangan.

Yangilangan Chevrolet Captiva 2022 avtomobilini xarid qilish uchun shartnomani kompaniyaning rasmiy dilerlarida tuzish mumkin.

 

Narxlar quyidagicha:

  • boshlang`ich LT komplektasiya — 192 775 000 so`m;
  • LT komplektasiya 5 o`rinli —238 086 957 so`m;
  • LT komplektasiya 7 o`rinli — 244 782 609 so`m ;
  • Premier komplektasiya 7 o`rinli — 269 478 261 so`m.

Kompaniya xabarida narxlar QQSsiz ko`rsatilgan. UzAutoSavdo tizimida esa QQS bilan qo`shib hisoblaganda, Premier komplektasiya 309 900 000 so`mdan, LT 7 esa 281 500 000 so`mdan boshlanishi qayd etilgan, boshlang`ich LT va LT 5 komplektasiyalari narxlari esa keltirilmagan.

Boshlang`ich LT va LT5 komplektasiyadagi 5 o`rinli avtomobilni sotib olish istagida bo`lgan xaridorlar, kompaniyaning rasmiy dilerlarida ariza qoldirishi yoki rasmiy sayti info@uzautomotors.com orqali onlayn tarzda ariza yuborishi mumkin. To`plangan arizalarning soniga qarab, kompaniya ushbu avtomobilning etkazilib berilishini ta`minlaydi.

Xabar yozilgan paytda UzAutoSavdo tizimida Chevrolet Captiva uchun navbatlar shakllanib bo`lgandi. Xususan, LT 7 komplektasiyasi uchun navbat 19 donani tashkil qilgan bo`lsa, Premier komplektasiyasi uchun navbat 200 donadan oshdi. Taxminiy etkazib berish muddati 2022 yilning 28 fevrali deb ko`rsatilgan.

Шарҳлар