sevimli
Sevimli

Qarshi shahar tug`riqxonasida 3 nafar egizak tug`ildi. Ularga Shavkat, Mirziyo va Miromon ismlari qo`yilgani aytilmoqda

Jamiyat 02.10.2021, 16:16
Теглар: Sog`liqni saqlash vazirligi
Qarshi shahar tug`riqxonasida 3 nafar egizak tug`ildi. Ularga Shavkat, Mirziyo va Miromon ismlari qo`yilgani aytilmoqda

Qarshi shahar tug`ruqxonasida 1 oktyabr kuni Murodovlar oilasida 3 nafar egizak dunyoga keldi.  Egizaklarning uchalasi ham o`g`il bola.  Bu haqda Sog`liqni saqlash vazirligi xabar berdi.

Chaqaloqlar Qarshi tumani Uzunnavo mahallasida yashaydigan Murodovlar oilasi quvonchiga quvonch qo`shdi. "Polvon"larning onasi Shahlo Husanova 30 yoshda, viloyat teri-tanosil shifoxonasida hamshira bo`lib ishlaydi. Otasi - Iskandar Murodov 37 yoshda, Milliy gvardiya xodimi.  

Egizaklardan birining vazni 2,1,  ikkinchisiniki 2,4 va uchinchisiniki 2,2 kilogrammdan iborat.

Ayni paytda oiladagi bolalar soni 5 nafarga etdi.  Bungacha Murodovlarning bir o`g`il, bir qizi bo`lgan.  

Шарҳлар

Kecha yurtimizda 450 nafardan ortiq kishida koronavirus, 17 nafar kishida pnevmoniya aniqlandi

15.10.2021, 10:20

Kecha yurtimizda koronavirus infeksiyasiga chalingan bemorlar soni 450 nafardan oshdi, birgina Toshkent shahrida 190 nafarga yaqin bemor qayd etildi. 2021 yil 14 oktyabr holatiga ko`ra, O`zbekistonda...
Turmush qurishdan avval emlanish kerakmi? SSV javob berdi

08.10.2021, 17:39

Sog`liqni saqlash vazirligi oila qurishdan avval koronavirusga qarshi vaksina bilan emlanish kerak yoki kerakmasligi to`g`risidagi savolga javob berdi. Har bir ota-ona o`zidan sog`lom zurriyod qoldirishni istaydi....
Sirdaryolik onkologlar 160 dan ortiq bemorga distansion nur terapiya muolajalarini o`tkazdi

30.09.2021, 14:50

Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Sirdaryo filiali shifokorlari onkologik kasalliklar bilan og`riyotgan bemorlarni davolash, ularni umr ko`rish davomiyligini uzaytirish maqsadida Chexiya davlatida...
O`zbekistonda har yili 3,5 ming nafardan ziyod bemorda sun`iy gavhar implantasiyasi amalga oshirilmoqda

16.09.2021, 19:57

Bugun yurtimizda oftalmologlarning birinchi xalqaro Kongressi o`z ishini boshladi. Sog`liqni saqlash vazirligi va Respublika ixtisoslashtirilgan ko`z mikroxirurgiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi tomonidan “Ko`z mikroxirurgiyasining dolzarb muammolari”...