my5
Sevimli

Tashqi ishlar vaziri: "AQSh bizga 5 million dozadan ortiq vaksinani beg`araz taqdim etganidan minnatdormiz"

Jamiyat 03.10.2021, 17:26
Теглар: TIV, vaksina
Tashqi ishlar vaziri: "AQSh bizga 5 million dozadan ortiq vaksinani beg`araz taqdim etganidan minnatdormiz"

2021 yilning 3-oktabr kuni O`zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Amerika Qo`shma Shtatlari Davlat kotibining birinchi o`rinbosari Uendi Sherman bilan uchrashuv o`tkazdi. 

Suhbat chog`ida O`zbekiston-AQSh kun tartibining dolzarb masalalari muhokama qilindi, deya xabar bermoqda Tashqi ishlar vazirligi.

Unga asosan, mintaqadagi vaziyat va Afg`onistondagi voqealar rivoji yuzasidan fikr almashilgan.

Shu bilan birga savdo-iqtisodiy va sarmoyaviy hamkorlikni rivojlantirish masalalariga alohida e`tibor qaratilgan. 

 Shuningdek, TIV vaziri AQSh O`zbekistonga 5 million dozadan ortiq vaksinani beg`araz taqdim etgani uchun minnatdorchilik bildirib o`tgan. 

"Biz AQSh hukumatidan mamlakatimizga "Moderna" va "Pfizer" kompaniyalari tomonidan ishlab chiqarilgan 5 milliondan ortiq dozadagi vaksinalarni beg`araz asnoda taqdim etgani uchun alohida minnatdormiz",-deydi Abdulaziz Kamilov.

Шарҳлар

AQSh boshqa mamlakatlarga 200 mln doza vaksina yuboradi

02.12.2021, 22:14

AQSh yaqin 100 kun ichida boshqa mamlakatlarga koronavirusga qarshi 200 million doza vaksina etkazib berish majburiyatini o`z zimmasiga oldi. “Biz 110 mamlakatga bergan 275 mln dozaga...
O`zbekistonda koronavirus infeksiyasiga qarshi qo`llanilgan vaksinalar 30 million dozadan oshdi

16.11.2021, 11:37

15 noyabrda mamlakatimiz hududlari bo`ylab 276 356 doza COVID-19ga qarshi vaksina qo`llanildi. Bu haqda SSV xabar berdi.  Ulardan:1-bosqich emlanganlar 146 301 nafarni,  2-bosqich emlanganlar 78 966...
O`zbekistonda jami 5,6 million nafardan ziyod fuqaro koronavirusga qarshi to`liq emlandi

16.10.2021, 11:06

15 oktyabrda mamlakatimiz hududlari bo`ylab 229 111   doza COVID-19ga qarshi vaksina qo`llanildi. Ulardan:    1-bosqich emlanganlar 96 724 nafarni,  2-bosqich emlanganlar 71 505  nafarni,3-bosqich...
Indoneziyada Xitoy-O`zbekiston hamkorligida ishlab chiqarilgan vaksinadan favqulodda foydalanishga ruxsat berildi

07.10.2021, 16:49

Indoneziya Oziq-ovqat mahsulotlari va dori preparatlari nazorati agentligi (BPOM) Xitoy-O`zbekiston hamkorligida ishlab chiqarilgan ZF-UZ-VAC2001 (xalqaro nomi Zifivax) vaksinasidan favqulodda foydalanishga ruxsat berdi.  Bu haqda BPOM...