sevimli
Sevimli

Buxoroda afsonaviy turk xoqoni Alp Er To`nganing qabri topildi

Moziydan sado 10.10.2021, 15:02
Buxoroda afsonaviy turk xoqoni Alp Er To`nganing qabri topildi

Buxoroda afsonaviy turk xoqoni Alp Er To`nga (Afrosiyob)ning qabri topildi.

Turkiyaning Gazi universiteti professori doktor Nejati Demirning Buxoroda olib borilgan izlanishlari davomida ushbu natijaga ertshildi.

 "Hozirda bu ma`lumot ustida ilmiy izlanishlar olib borilmoqda",– deyiladi Turizm va sport vazirligi huzuridagi Madaniy meros agentligi xabarida, bu O`zbekiston uchun jahonda katta muvaffaqqiyat bo`lishi mumkinligi ta`kidlanib.

Ma`lumot o`rnida, Alp Er To`nga miloddan avvalgi VII asrda yashagan, deb taxmin qilinadi. U taniqli harbiy sarkarda va mashhur davlat arbobi bo`lib, u turkiy xalqlar bobokaloni hisoblanadi. U ko`chmanchi chorvador aholi o`rtasida Alp Er To`nga, o`troq dehqonchilik vohalari aholisi o`rtasida Afrosiyob nomi bilan mashhur bo`lgan shaxs bo`lib, Turon davlatiga asos solgan va uning birinchi xoni (xoqoni) bo`lgan.

Eslatib o`tamiz, Alp Er To`nga haqida Mahmud Qoshg`ariyning "Devonu lug`otit turk", Abu Rayhon Beruniyning "Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar" kitoblarida ma`lumotlar keltirilgan.

Шарҳлар