my5
Sevimli

SSV: Gripp "beozor" kasallik emas

Salomatlik 11.10.2021, 19:14
Теглар: SSV
SSV: Gripp "beozor" kasallik emas

Ma`lumki, gripp va o`tkir respirator infeksiyalarning mavsumiy ko`tarilish davri kuz-qish mavsumiga to`g`ri keladi. Bu paytda, ayniqsa, immuniteti sust bolalar, keksa yoshdagi kishilar, homiladorlik hamda surunkali xastaliklari bo`lgan insonlarning kasallikni yuqtirib olish ehtimoli yanada ortadi.

SSV Matbuot xizmatining gripp turlari, asoratlari hamda tarqalish ko`rsatkichlari haqidagi savollariga Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati boshlig`ining birinchi o`rinbosari Xolmamat NORBOEV javob berdi. 

— Gripp qanday kasallik? Dastlab shu haqida ma`lumot bersangiz.

— Ma`lumki, gripp o`tkir va tez yuquvchi kasallik bo`lib, uni keltirib chiqaruvchi viruslarning A, V, S turlari ma`lum. Xastalikning asosiy manbai gripp bilan og`rigan bemor hisoblanadi. Uning A va V turlari chaqiruvchi mavsumiy gripp kuz-qish mavsumida epidemiya tarzda kechib, katta yoshdagilar o`rtasida 5 foizdan 10 foizgacha, bolalar orasida esa 20 foizdan 30 foizgacha kasallik keltirib chiqaradi.

Gripp xavf guruhiga 6 yoshgacha bo`lgan bolalar va 65 yoshdan oshgan keksalar hamda homilador ayollar kiradi. Ushbu kasallik burun, tomoq, bronxlar va ayrim hollarda o`pkani zararlovchi yuqumli xastalik hisoblanadi.

— Bemorda qanday belgilar kuzatiladi?

— Grippning belgilari kasallik yashirin davrining 1-4 kunlari paydo bo`lib, mavsumiy gripp tana haroratining to`satdan ko`tarilishi (380C – 400C), yo`tal (odatda quruq, zarbli, ko`krak sohasida og`riq bilan kechadi), bosh, mushak, tomoq va bo`g`imlarda og`riq hamda holsizlik kabi belgilar bilan boshlanadi. Ba`zi hollarda esa qorin og`rig`i va ich ketishi kuzatiladi.  

Shuningdek, grippga chalingan bemorda yuqori tana harorati bir necha kungacha davom etishi va aksariyat hollarda isitma  tana haroratini pasaytiruvchi dorilar ta`sirida tushmasligi mumkin.

Kasallikning bolalarda og`ir kechishida nafas olishning tezlashishi va og`irlashishi, ishtahaning yo`qolishi, degidratasiya va e`tiborning kamayishi kabi belgilar kuzatiladi. Ko`pgina bemorlar to`g`ri davolansa, 5-6 kun ichida sog`ayib ketadi. Lekin xavf guruhiga kiruvchilarda gripp asoratlari rivojlanishi yoki o`lim holatlari kuzatilishi mumkin.

— Aksariyat bemorlar ushbu kasallikni ko`pincha oyoqda o`tkazib yuboradi. Bu qanchalik to`g`ri?

— Darhaqiqat, ko`pgina insonlar grippni “beozor” kasallik deb o`ylaydi. Biroq bu xastalik ular o`ylaganchalik “sodda” emas. Chunki gripp keltirib chiqaradigan asoratlar uning o`zidan-da xavfli hisoblanadi.  

Agar bemor davolanishga etarli  darajada e`tibor bermasa, kasallik o`pkada bakterial zotiljam, gemorragik zotiljam, o`pka abssessi va o`tkir repiratorli distress sindromiga sabab bo`lishi mumkin.  

Shuningdek, gripp bakterial rinitlar, sinusitlar, otitlar, traxeobronxitlar, virusli ensefalit, meningit, nevrit, radikulonevrit, jigarning zararlanishi, tosiko-allergik shok kabi salbiy asoratlar qoldirishi mumkin.

Shu bilan birga, bu kasallik homilador ayollarga ham jiddiy xavf tug`dirib, homilaning chala yoki vaqtidan erta tug`ilishi, neonatal o`lim va go`dakning kam vazn bilan tug`ilishiga olib keladi.

— Joriy mavsum yurtimizda grippning tarqalish ko`rsatkichi qanday?

— Gripp va o`tkir respirator infeksiyalar (O`RI) yuqumli kasalliklarning 76,2 foizini tashkil etib, oxirgi yillarda ushbu kasalliklar sog`liqni saqlash tizimining eng dolzarb muammolaridan biri bo`lib qolmoqda.

Yurtimizda joriy yilning 9 oyi davomida rasmiy ravishda 1483 ta grippga chalinish holati ro`yxatga olindi. Gripp bilan kasallanishning eng yuqori ko`rsatkichi 0-2 yoshdagi bolalar o`rtasida ro`yxatga olinib, intensiv ko`rsatkich shu yoshdagi 100 ming nafar bola soniga nisbatan 26,3 tani tashkil etmoqda.

Shuningdek, 2021 yilning o`tgan davri mobaynida mamlakatimizda 323 ming 593 ta holatda o`tkir respirator infeksiyalar bilan kasallanish qayd etilgan.

Шарҳлар

O`zbekistonda yana 209 nafar kishida koronavirus aniqlandi, 3 bemor vafot etdi

02.12.2021, 10:11

Kecha O`zbekistonda yana 210 nafarga yaqin kishida koronavirus infeksiyasi aniqlanib, kasallikdan 3 nafar bemor vafot etdi.SSVning ma`lumot berishicha, 2021 yil 1 dekabr holatiga ko`ra, O`zbekistonda...
SSV 2021 yilda O`zbekistonda tashkil etilgan oilaviy shifoxonalar haqida ma`lumot berdi

04.10.2021, 19:34

Sog`liqni saqlash vazirligi  Matbuot xizmatining xabar berishicha, sog`liqni saqlash sohasini yanada rivojlantirish maqsadida kelgusi 3 yilda yurtimizda 315 ta oilaviy shifokor punkti va 85 ta...
Tezkor xabar: O`zbekistonda 12 yoshdan oshgan bolalar ham COVID-19ga qarshi emlanadi

28.09.2021, 14:50

Endilikda mamlakatimizda 12 yoshdan katta bolalar COVID-19ga qarshi Pfizer vaksinasi bilan ixtiyoriy ravishda emlashnishga ruxsat berildi.Koronavirusga qarshi Pfizer vaksinasining 12-15 yoshdagi bolalarda o`tkazilgan klinik sinovlarining...
SSV: Yurtimizga ZF-UZ-VAC2001 vaksinasining navbatdagi partiyasi olib kelindi

24.09.2021, 18:58

Bugun yurtimizga 2 499 668 doza ZF-UZ-VAC2001 vaksinasi olib kelindi.  Shunday qilib, yurtimizga keltirilgan jami vaksina 26 754 208 dozani tashkil qilmoqda.Ulardan:  1 594 480...