AsosiyJamiyat

Oʻzbekistonda 400 nafardan kamroq fuqaro koronavirus bilan kasallandi

'Oʻzbekistonda 400 nafardan kamroq fuqaro koronavirus bilan kasallandi'ning rasmi

Kecha O`zbekistonda 385 nafar kishida koronavirus infeksiyasi qayd etildi, 3 nafar bemor vafot etdi. Bu haqda SSV xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, 2021 yil 12 oktyabr holatiga O`zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 179371 (+385) nafarni tashkil etmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining:

  • 4 nafari Qoraqalpog`iston Respublikasida,
  • 12 nafari Andijon viloyatida,
  • 7 nafari Buxoro viloyatida,
  • 11 nafari Jizzax viloyatida,
  • 4 nafari Qashqadaryo viloyatida,
  • 4 nafari Navoiy viloyatida,
  • 5 nafari Namangan viloyatida,
  • 39 nafari Samarqand viloyatida,
  • 7 nafari Sirdaryo viloyatida,
  • 5 nafari Surxondaryo viloyatida,
  • 27 nafari Farg`ona viloyatida,
  • 18 nafari Xorazm viloyatida,
  • 88 nafari Toshkent viloyatida,
  • 154 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo`lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Shuningdek, 3 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 1276 nafarni tashkil qilgan.

Boshqa yangiliklar