my5
Sevimli

Shavkat Mirziyoev Navoiyda viloyatdagi milliy madaniy markazlar vakillari bilan uchrashdi

Jamiyat 13.10.2021, 19:38
Теглар: Shavkat Mirziyoev
Shavkat Mirziyoev Navoiyda viloyatdagi milliy madaniy markazlar vakillari bilan uchrashdi

Davlatimiz rahbari Navoiy shahridagi “Farhod” madaniyat saroyida viloyatdagi milliy madaniy markazlar vakillari bilan muloqot qildi.

- Sizlarga ma`lumki, yurtimizdagi ahillik, totuvlikni mustahkamlashga alohida e`tibor berayapmiz. Buning natijasida hayotingizda nimalar o`zgardi? Nima muammolar, qanday takliflar bor? Shular haqda sizlar bilan yurakdan gaplashgani keldim, - dedi Piezident.

Ko`p millatli Navoiy viloyati - xalqlar do`stligi va o`zaro anglashuvining yorqin ifodasi. O`zbek, qozoq, qoraqlpoq, tojik, rus, koreys va ko`plab boshqa millat vakillari bir oila a`zolaridek yashab, yurtimiz rivojiga munosib hissa qo`shib kelmoqda. Viloyatda 8 ta milliy madaniy markaz faoliyat yuritmoqda. Maktablarda o`qitish 7 tilda yo`lga qo`yilgan.

Uchrashuvda qatnashgan turli millat va elat vakillari ularning o`qib, ishlashi, madaniyatini saqlashi uchun keng sharoit yaratilganini ta`kidlashdi. O`zlari, farzandlari erishayotgan muvaffaqiyatlarni so`zlab berishdi. Madaniy markazlar uchun binolar ajratilgani, 30 iyul mamlakatimizda Xalqlar do`stligi kuni etib belgilangani qayd etildi.

- Bugun saylovchilar bilan uchrashuvda bu qutlug` bayramni kelgusi yili Navoiy viloyatida katta tantana bilan  nishonlash  taklifini bildirdim, - dedi Shavkat Mirziyoev. - Shuningdek, 2022 yilda Navoiyda ko`p millatli xalqimiz birligining ramzi sifatida Do`stlik bog`ini barpo etishni rejalashtirganmiz.

Prezident yurtimizda yashayotgan barcha millat va elat vakillari o`rtasida o`zaro hurmat va hamjihatlik muhitini mustahkamlash, turli diniy konfessiyalar uchun zarur sharoitlar yaratishga qaratilgan siyosat izchil davom ettirilishini ta`kidladi.

Davlatimiz rahbari shu bilan Navoiy viloyatiga tashrifini yakunlab, Toshkentga qaytib keldi.

Шарҳлар

"Facebook" Shavkat Mirziyoevga minnatdorlik bildirdi

01.12.2021, 23:40

O`zbekistonning AQShdagi elchisi J.Vaxabov «Facebook» kompaniyasi bo`limi direktori Endi O'Konnell bilan uchrashib, hamkorlik aloqalarini o`rnatish istiqbollarini muhokama qildi.Internetda, xususan, «Facebook», «Instagram» va «WhatsApp» platformalari orqali...
Prezident Rossiya Federasiyasi delegasiyasini qabul qildi

01.12.2021, 22:50

1 dekabr kuni O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev mamlakatimizda amaliy tashrif bilan bo`lib turgan Rossiya Federasiyasi Federal xavfsizlik xizmati direktori Aleksandr Bortnikovni qabul qildi. Bu...
Prezident yangi massivlar qurilishiga oid loyihalar taqdimoti bilan tanishdi

30.11.2021, 21:47

Shavkat Mirziyoev O`zbekiston Prezidenti lavozimiga kirishish marosimida kelgusida 1 milliondan ortiq aholi uchun barcha qulaylik va ijtimoiy infratuzilmaga ega bo`lgan “Yangi O`zbekiston” massivlari bunyod etilishini...
Prezident IHT a`zosi bo`lgan Afg`onistondagi murakkab vaziyatga to`xtaldi

28.11.2021, 15:52

Avval xabar berganimizdek, davlatimiz rahbari IHTda nutq so`zladi. Unda Prezident IHT a`zosi Afg`onistondagi bugungi vaziyatga ham alohida to`xtalib o`tdi. Bu haqda Prezident Matbuot xizmati xabar...