AsosiyJamiyat

Koronavirusdan o`lgan shifokorning oilasiga pul to`lab berilmayotgani SSV nazoratiga olindi

'Koronavirusdan o`lgan shifokorning oilasiga pul to`lab berilmayotgani SSV nazoratiga olindi'ning rasmi

Internet nashrlaridan birida koronavirus infeksiyasiga qarshi kurashish ishlariga jalb etilgan tibbiyot xodimini ijtimoiy va moddiy qo`llab-quvvatlash maqsadida davlat tomonidan ajratilgan maxsus qo`shimcha pul mablag`i o`z vaqtida to`lab berilmayotgani haqida xabar tarqaldi.

Unda Andijon viloyati Izboskan tumani O`rtaariq mahallasida yashagan, Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Andijon filialida vrach-reanimatolog bo`lib faoliyat yuritgan Abdunazar Abdug`afforov 2020 yilning 20 iyulida mazkur filial direktori buyrug`i bilan viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasiga koronavirusga chalingan bemorlarni davolash uchun tashkil qilingan gospitalga safarbar etilgani, kasallarni davolash davrida koronavirus infeksiyasini yuqtirib olgani, kerakli muolajalarga qaramay, 2020 yil 3 oktyabrda vafot etgani aytiladi.  

Biroq o`tgan davr mobaynida tegishli qarorga muvofiq, uning oila a`zolariga 250 million so`m miqdoridagi bir martalik pul mablag`i to`lab berilmayotgani ma`lum qilingan.

Qayd etilishicha, mazkur holat Sog`liqni saqlash vazirligi tomonidan to`liq nazoratga olindi. 

"O`rganish natijalari haqida qo`shimcha ma`lumot beramiz",–deyiladi xabarda.

Boshqa yangiliklar