my5
Sevimli

Ruxshona turmush o`rtog`i bilan ajrashganini ma`lum qildi

Shou-biznes 14.10.2021, 12:01
Теглар: Ruxshona
Ruxshona turmush o`rtog`i bilan ajrashganini ma`lum qildi

Ruxshona turmush o`rtog`i Sanjar Matkarimov bilan ajrashgani ma`lum bo`ldi.

Bu haqda Xonandaning "Instagram"dagi rasmiy sahifasiga tayanib Zamon.uz xabar berdi.

Qayd etilishicha, Ruxshonaning muxlislari undan turmush o`rtog`i Sanjar Matkarimov bilan ajrashgani rost yoki yolg`on ekanligi haqida so`rashgan. 

Xonanda esa buning haqiqat ekanini aytib, kelgusida yarashish niyati yo`qligini ma`lum qilgan.

Uning aytishicha, ayni vaqtda juftlikning farzandlari onasi bilan birga. Ammo ajrimdan keyin Sanjar Matkarimov bir muddat davomida bolalarni Ruxshonaga bermagan.

Xonandaning so`zlariga ko`ra, turmush o`rtog`i unga musht tushirgan va kaltaklagan. 

Oilaning buzilishiga asosiy sabab rashk ekanligi ko`rsatilmoqda. Shuningdek, Ruxshona ajrimdan keyin o`ziga kelish uchun Yaratgandan tunu-kun kuch-quvvat so`raganini aytib o`tgan.

Xonanda bundan keyin Sanjar Matkarimov rejissyorlik qiladigan “Bola tilidan” ko`rsatuvida ham boshlovchilik qilmaydi.

Ma`lumot o`rnida, xonanda Ruxshona va rejissyor-klipmeyker Sanjar Matkarimov 2014 yilning 2 noyabr kuni turmush qurgan.

Шарҳлар