O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi T.Narbaeva Sankt-Peterburgda bo`lib o`taetgan Uchinchi Evroosiyo forumi doirasida Rossiya Federasiyasi Federal Majlisining Federasiya Kengashi Raisi V.Matvienko bilan uchrashdi.
Uchrashuvda tomonlar yangi sohalarni qamrab oladigan O`zbekiston – Rossiya hamkorligini mustahkamlash masalalarini muhokama qilishdi, deya xabar bermoqda Senat axborot xizmati.
Uchrashuvda parlamentlararo hamkorlikning istiqbollari shu jumladan, PA Kengashi, Assambleyaning yalpi majlisi va yoshlar majlisini 2022 yilning kuzida O`zbekistonda o`tkazish masalalari ham muhokama qilingan.
" Biz munosabatlarimizni yuqori darajaga olib chiqishdan manfaatdormiz va iqtisodiy hamkorlikni chuqurlashtirish niyatidamiz", - deydi Federasiya Kengashi Raisi V.Matvienko.
" Rossiya O`zbekistonning ishonchli va vaqt sinovidan o`tgan strategik sherigi hisoblanadi, ikki tomonlama munosabatlarimiz faol rivojlanmoqda.
Shuningdek, parlamentlarimiz a`zolari o`rtasidagi muloqotning faollashishi, albatta, O`zbekiston va Rossiya o`rtasidagi ko`p qirrali hamda uzoq muddatli hamkorlikni yanada chuqurlashtirishga alohida hissa qo`shadi. Ikki tomonlama savdo-iqtisodiy va sarmoyaviy hamkorlik, shuningdek, ta`lim va boshqa sohalardagi munosabatlarda ayollar rolini oshirish katta ahamiyatga ega , – deydi Senat Raisi T.Narbaeva.