AsosiyMadaniyat

O`zbekiston davlat konservatoriyasi huzuridagi Botir Zokirov nomidagi Milliy estrada san`ati instituti tashkil etiladi

'O`zbekiston davlat konservatoriyasi huzuridagi Botir Zokirov nomidagi Milliy estrada san`ati instituti tashkil etiladi'ning rasmi

Shavkat Mirziyoev tegishli qarorni imzoladi. Hujjatga ko`ra:

➖ Institutda ta`lim faoliyati 2021/2022 o`quv yilidan boshlanib, ta`lim davlat granti hamda to`lov-kontrakt asosida amalga oshiriladi;

➖2022/2023 o`quv yilidan boshlab, bakalavriatda 2 ta yangi ta`lim yo`nalishi (bastakorlik san`ati, san`atshunoslik: musiqashunoslik) va magistraturada 2 ta yangi mutaxassislik (ovoz rejissyorligi: musiqiy ovoz rejissyorligi, musiqa san`ati) ochiladi;

➖ Konservatoriyada hozirda tahsil olayotgan bakalavriatning 2–4 kurs  va magistraturaning 2-kurs talabalari o`qishini Institutda davom ettiriladi.

 Institutning asosiy vazifalari belgilanmoqda, jumladan:

➖ yuqori malakali mutaxassislar va ilmiy-pedagog kadrlarni tayyorlash;

➖ milliy estrada yo`nalishida zamonaviy ijro namunalarining “Oltin fondi”ni yaratish hamda ularni notaga ko`chirish va amaliyotga keng joriy etish;

➖ milliy estrada yo`nalishi bo`yicha fundamental, amaliy va ijodiy izlanish hamda tadqiqotlar olib borish.

🔹 2022/2023 o`quv yilidan boshlab bolalar musiqa va san`at maktablari (324 ta), ixtisoslashtirilgan san`at va madaniyat maktablari (17 ta), maktab-internatlar (8 ta) hamda madaniyat, musiqa va san`at kollejlariga (2 ta) Institutning etakchi professor-o`qituvchilari hamda mamlakatimizda ijod qilib kelayotgan taniqli estrada ijodkorlari biriktiriladi hamda “Mahorat darslari” yo`lga qo`yiladii

    Boshqa yangiliklar