my5
Sevimli

Toshkentda 16 yoshli qiz haydovchining bo`yniga pichoq tortib yubordi

Jamiyat 17.10.2021, 13:56
Toshkentda 16 yoshli qiz haydovchining bo`yniga pichoq tortib yubordi

Toshkentda "Spark"da ketayotgan yo`lovchi qiz haydovchining bo`yniga bir necha bor pichoq tortdi. Bu haqda poytaxt Ichki ishlar bosh boshqarmasi axborot xizmatiga tayanib Zamon.uz xabar berdi .   

Haydovchi quyidagicha ko`rsatma bergan.   

 ""Xadra"dan “Xalqlar do`stligi”ga qarab harakatlanib kelayotgandim. Bekatda bir qiz taksi to`xtatib turgan ekan. Oldiga borib to`xtadim va qaerga borishini so`radim. “Bir bekat nariga — metrogacha”, - dedi. Aynan qaysi metro, yo`limizda ikkita bekat chiqadi, deb so`radim. “Mana shu birinchi bekat”, - dedi. Xo`p deb, mashinaga chiqardim. Narx-navosini ham gaplashmadik.   

300–350 metrdan keyin chorraha yaqinlashdi, oldimda 84-avtobus bor ekan. Shu avtobus bilan orqama-ketin yurib keldik. Avtobus o`ng tomonga harakatlanib, bekat tomon kirayotganda men ham sekinlashib, «povorotnik»ni yoqdim. Orqada o`tirgan qizni bekatda tushirmoqchi bo`lib sekinlashganimda birdaniga pichoq tortib qoldi. 

  Avval bo`ynim achishganday bo`ldi, nima bo`layotganini anglamadim. Keyin avtobusning orqasiga borib urildim. Mashinadan tushib, bekatdagi odamlardan yordam so`radim. Qiz esa pichoq tirashda davom etdi. 10 sekundlarda o`zimga kelib olganimdan so`ng qarasam, hech kim yordam bermayapti. Qizning qo`lini qayirib, odamlardan “102”ga qo`ng`iroq qilishini so`radim.   

Ayrim odamlar buni noto`g`ri tushunib, bu qizga nega ozor beryapsan, dedi. Keyin bo`ynimni ko`rsatib, mana pichoq tortib yubordi, iltimos, yordam beringlar, deganimdan keyin hamma qizni o`rab oldi. “102”ga telefon qilishdi", — deydi haydovchi. 

  Qizning so`zlariga ko`ra, haydovchi unga tegajonlik qilmoqchi bo`lgan va u bundan qo`rqib, erkakning bo`yniga pichoq tortgan.  

 "Darhol pichoqni olib, bo`yniga tiradim. Uni to`g`ri ushlaganmi yoki yo`q, buni bilmayman. Men uni shunchaki qo`rqitmoqchi edim. Keskin harakat qilgan payti tegib ketgan bo`lishi mumkin. Lekin unga pichoqni qattiq tiradimmi yoki yo`q, bilmayman, to`g`risi.   Mashinadan birinchi u tushdi. Keyin esa men unga yo`qol-yo`qol, dedim. Biror nima qilib qo`yishidan qo`rqdim... U ustalar ishlatadigan pichoq edi",  — deydi voqea ishtirokchisi bo`lgan qiz.   

Hozirda holat yuzasidan tergov-surishtiruv ishlari davom etayotganligi aytilmoqda.

Шарҳлар