my5
Sevimli

Bugun telekanallarda "Mehr" operasiyasiga bag`ishlangan "Tutqunlik" filmi namoyish etiladi

Madaniyat 17.10.2021, 16:20
Bugun telekanallarda "Mehr" operasiyasiga bag`ishlangan "Tutqunlik" filmi namoyish etiladi

Bugun O`zbekistonning bir qator telekanallarida Kinematografiya agentligi tomonidan DXX ko`magida suratga olingan “Tutqunlik” badiiy filmining milliy namoyishi bo`lib o`tadi.

 Kinokartina “Buxoriylar” kinostudiyasida, taniqli rejissyor Rashid Malikov tomonidan real voqealar asosida suratga olingan, deya xabar bermoqda agentlik. 

Qayd etilishicha, film vatandoshlarimizni Yaqin Sharqdagi urush hududlaridan olib chiqish maqsadida tashkil etilgan "Mehr" operasiyasiga bag`ishlangan.

 Ssenariy mualliflari Rashid Malikov va Azamat Qorjovov, operator Aleksey Venzos, postnovkachi rassom Doniyor Abdurahmonov. Bosh rollarni Nigina Anorboeva, Firdavs Oripov, Feruza Sobitova, Gleb Gollender va Laylo Farruhova ijro etgan. 

Quyida filmning namoyish vaqtlari bilan tanishing: 

"MY5" TV — 17 oktyabr — soat 14.15;

"Sevimli" TV — 17 oktyabr — soat 22.20;

 "Zo'r" TV — 17 oktyabr — soat 22.20;

 "Madaniyat va ma’rifat" TV — 17 oktyabr — soat 14.00;

"O‘zbekiston" TV — 17 oktyabr — soat 22.40; "Renessans" TV — 18 oktyabr — soat 12:00.

 Ta`kidlanishicha film o`zbek tilida ruscha subtitrlar bilan namoyish etiladi.

Шарҳлар