my5
Sevimli

Surxondaryoda bozordan taqinchoqlarni o`g`irlagan shaxs qo`lga olindi

Jamiyat 17.10.2021, 19:24
Surxondaryoda bozordan taqinchoqlarni o`g`irlagan shaxs qo`lga olindi

Jarqo`rg`on tumanida 21 sentyabr kuni, tumanning “Qo`ldovli” mahallasida yashovchi, N.Karima tuman IIBga jinoyat ishi yuzasidan ariza bilan murojaat qilgan. Bu haqda Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati ma`lum qildi.

Arizaga ko`ra,  tumanning “Do`stlik” mahallasi hududida joylashgan markaziy dexqon bozorida savdo qilib turgan vaqtida, 1.500.000 (bir million besh yuz ming) so`mlik turli bujuteriya taqinchoqlarini noma`lum shaxs o`g`irlab ketgan.

 Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan ko`rilgan choralar natijasida, ushbu o`g`irlik jinoyatini tumanning “Surxon Sohili” mahallasida yashovchi, H.Surayyo sodir etganligi aniqlanib ushlangan va undan ashyoviy dalil olingan. 

4 oktyabr kuni H.Suryyoga nisbatan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 1 qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.

Шарҳлар