my5
Sevimli

Poytaxtda "Cobalt" va traktor to`qnashdi. Natijada...

Jamiyat 17.10.2021, 20:00
Poytaxtda "Cobalt" va  traktor to`qnashdi. Natijada...

Ijtimoiy tarmoqda tarqalgan Chilonzor tumanida traktor hamda "Cobalt" avtomobili ishtirokida sodir bo`lgan YTH yuzasidan ma`lumot berildi.

Unga ko`ra, 2021 yil 15 oktyabr kuni soat 16:15 larda, Toshkent shahar, Chilonzor tumani, Bunyodkor ko`chasida haydovchi, 1974 yilda tug`ilgan A.K. "Cobalt" rusumli avtomobilda tartibga solinmagan piyodalar o`tish joyidan o`tayotgan piyodani o`tkazib yuborish maqsadida to`xtagan vaqtda uning ortidan kelayotgan traktor haydovchisi, 1964 yilda tug`ilgan A.P. rulni burib, boshqaruvni yo`qotishi oqibatida traktorning bitta tirkamasi "Cobalt" avtomobilining orqa tomoniga tegib ag`darilgan.

YTH natijasida tan jarohati olgan fuqarolar yo`q.

Mazkur hodisa yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB xodimlari tomonidan surishtiruv olib borilmoqda.

Шарҳлар