AsosiySport

Osiyo Chempionlar ligasining barcha yarim finalchilari ma`lum bo`ldi

'Osiyo Chempionlar ligasining barcha yarim finalchilari ma`lum bo`ldi'ning rasmi

Osiyo Chempionlar ligasi chorak final bosqichidan o`rin olgan uchrashuvlar yakunlandi.  

Shu tariqa, yarim finalga ikki mamlakatning to`rt jamoasi yo`llanma oldi. Jumladan, Janubiy Koreya klublari – “Ulsan” va “Poxang”, Saudiya Arabistonidan – “Al-Hilol” hamda “Al-Nassr” yo`llanma olgan.  

Yarim finalda “Ulsan” – “Poxang” o`zaro to`qnash kelishsa, ikkinchi yarim final bahsida “Al-Nassr” – “Al-Hilol” bahsi bo`lib o`tadi.  

Ma`lumot uchun, “Al-Nassr” safida hamyurtimiz Jaloliddin Masharipov to`p surmoqda. Yarim final uchrashuvlari 19-20 oktyabr kunlari bo`lib o`tadi.

Izzatbek ABDUVAHOBOV tayyorladi

    Boshqa yangiliklar