AsosiySiyosat

Bu yilgi prezident saylovi mutlaqo yangicha ruhda, yangicha kayfiyatda bo`lib o`tmoqda — Senat raisi

'Bu yilgi prezident saylovi mutlaqo yangicha ruhda, yangicha kayfiyatda bo`lib o`tmoqda  — Senat raisi'ning rasmi

O`zbekiston Elektron ommaviy axborot vositalari milliy assosiasiyasi (O`zEOAVMA) tashabbusi bilan poytaxtimizdagi “Yoshlar ijod saroyida 2021 yilning 24 oktyabrida bo`lib o`tadigan saylov jarayonlarini yoritishga ko`maklashish maqsadida tashkil etilgan “Xalqaro media-xoll”da navbatdagi ochiq muloqot bo`lib o`tdi. 

 O`zEOAVMAning Xalqaro media xollida  Respublika Xotin-qizlar jamoatchilik kengashi, Oliy Majlis Senatining Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qo`mitasi, Markaziy saylov komissiyasi, “Yuksalish” umummilliy harakati hamkorligida “Xotin-qizlarning saylov huquqlari kafolatlari hamda saylovlarda ularning faolligini oshirishning dolzarb masalalari” mavzusida ochiq muloqot tashkil etildi.

Tadbirni O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati hamda Respublika xotin-qizlar jamoatchilik kengashi raisi Tanzila Norboeva ochib berdi.

U o`z so`zida hozirgi vaqtda xotin-qizlar mamlakat aholisining qariyb 50 foizini tashkil etishi, ularning barcha sohalarda samarali mehnat qilishlari, shu jumladan, siyosiy boshqaruv, ijtimoiy-iqtisodiy hayotda faoliyat ko`rsatishlari uchun barcha shart-sharoitlar yaratilganligiga e`tibor qaratdi.

"Odatda saylov o`tgandan so`ng har bir jarayon chuqur o`rganiladi va tahlil qilinadi. Shu bilan birga, qonunchilikni takomillashtirish  masalalari ham ko`rib chiqiladi.  

Shuni aytishimiz mumkinki, bu yilgi prezident saylovi mutlaqo yangicha ruhda, yangicha kayfiyatda bo`lib o`tmoqda", - dedi Senat raisi. 

Shuningdek, Nabaeva saylov jarayonlarida ayollarning ishtirokiga alohida e`tibor qaratdi. 

Bugungi mavzuning dolzarbligi shundaki, 35 million aholimiz bo`lsa, ularning teng yarmini xotin-qizlar tashkil qiladi. Bugungi kunda Prezident saylovini o`tkazuvchi okrug saylov komissiyalari a`zolarining 102 nafari va uchastka saylov komissiyalari a`zolarining 65 ming 974 nafarini xotin-qizlar tashkil etmoqda. 2019 yil Qonunchilik palatasiga bo`lib o`tgan saylovda uchastka saylov komissiyalarining tarkibida 54 ming 361 nafar ayol ishtirok etgan.  

Bu yilgi raqamlar bilan solishtirganda ushbu ko`rsatkich 21,3 foizga oshganligini ko`rish mumkin", - deya aniq raqamlarni keltirdi Tanzila Narbaeva. 

Eslatib o`tamiz, O`zEOAVMAning Xalqaro media xollida o`tkaziladigan tadbirlar 26 oktyabrga qadar davom etadi.

    Boshqa yangiliklar