my5
Sevimli

Rishton tumanida iste`molchiga etkazilishi mumkin bo`lgan moddiy zararning oldi olindi 

Jamiyat 18.10.2021, 17:38
Теглар: iste`molchi
Rishton tumanida iste`molchiga etkazilishi mumkin bo`lgan moddiy zararning oldi olindi 

Rishton tumani Uzun ko`cha mahalla fuqarolar yig`inida istiqomat qiluvchi I.Sultonov O`zbekiston iste`molchilar huquqlarni himoya qilish jamiyatlari Federasiyasining PotrebitelUz_bot telegramm boti orqali murojaat yo`llagan. Bu haqda Rishton tumani jamiyati mutaxassisi Xusniddin Latipov "Darakchi.uz" ga xabar berdi.

Murojaatda keltirilishicha, u 2020 yil dekabr oyida “Zoxidon yigitlari” MChJga qarashli savdo do`konidan “Quvasoy shifer zavodi” MChJda ishlab chiqarilgan 200 dona shifer xarid qilib olib qo`ygan. Shu yilning avgust oyida xonadoni tom qismiga yopilgan shiferlardan 50 tasi oradan bir necha kun o`tib yorilib ketgan. 

Murojaatni taaluqligi bo`yicha Rishton tuman iste`molchilar huquqlarnii himoya qilish jamiyati mutaxassislari tomonidan o`rganilishi jarayonida shifer ishlab chiqaruvchi korxona rahbariyati nomiga ham so`rov xati yuborilib, unda o`rganish ishlarida korxonadan bir nafar malakali mutaxassis ishtirok etishi so`raldi. 

O`rganish davomida esa, mazkur mutaxassis ishtirokida, iste`molchi xonadonidagi yorilgan shiferlar bo`yicha dalolatnoma rasmiylashtirildi va o`rganuv kunining ertasiga iste`molchiga nuqsonli shiferlar o`rniga yangi, sifatli 50 dona shifer mahsuloti etkazib berilishiga erishildi. Natijada iste`molchiga etkazilishi mumkin bo`lgan 2 mln so`mlik moddiy zararning oldi olindi. 

Шарҳлар

Nega iste`molchi xorijiy valyutani almashtirishda qiynalishi kerak? Yoxud valyuta ayirboshlashdagi sun`iy to`siqlar kimga xizmat qilmoqda?

01.12.2021, 08:55

Bundan 4-5 yil avval yurtdoshlarimiz uchun xorijiy valyutalarni erkin sotib olish ushalmas orzu edi. Respublikamizda amalda 2 ta davlat va qora bozor valyuta kurslari muomalada...
Iste`molchi aviachiptadan uch yilgacha foydalanish huquqini oldi

29.07.2021, 19:04

Marg`ilon shahar iste`molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan Qirguli MFY hududida yashovchi Z.Usmonovning O`zbekiston Respublikasi Bosh Prokuraturasining ishonch telefoniga murojaati o`rganilgan. Bu haqda Marg`ilon shahar IHHQ...